Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari


Dori vositalariga yoziladigan retsept shakllari va ularni rasmiylashtirish tartibi


Download 139.32 Kb.
bet19/31
Sana20.06.2023
Hajmi139.32 Kb.
#1637334
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
FITQ TAYYOR

Dori vositalariga yoziladigan retsept shakllari va ularni rasmiylashtirish tartibi.

  • Dorixonaning buxgalteriya hisobi: predmeti va usullari, qo‘llanilishi.

    - Buxgalteriya hisobi — har qanday mulkchilik shaklidagi dorixona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Demak, qat’iyan hujjatliligi, yalpi, uzluksiz ekanligi, aniq qiymat bahosiga tayanishi buxgalteriya hisobining farqlovchi xususiyatlari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik jarayoni bo‘yicha tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi kerak. Buxgalteriya hisobi uzluksizdir, chunki u kunma-kun yuritiladi va barcha xo‘jalik hodisalari va jarayonlarini yalpi tarzda qayd etadi. Buxgalteriya hisobni to‘g‘ri tashkil etish va dorixonalarni samarali boshqarish uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak .

    1. O‘zbekiston Respublikasida biznes va tadbirkorlik asoslari.

    2. GMP sifat standarti bilan keltirilgan dori preparatlarining sertifikatlashtirish tartibi.

    Sifat nazorati - bu yaxshi ishlab chikarish amaliyotining bir kismi bulib, uz ichiga namunalarni tanlash, spesifikatsiyalarni rasmiylashtirish va sinovlar utkazish, shuningdek ishlab chikarishni tashkillashtirish, xujjatlashtirish va ruxsat berish jarayonlarini kamrab oladi. Bu jarayonda xakikatan barcha zarur va tegishli sinovlar utkazilganligini va xom ashyo va materiallarning ishlatilishiga va tayyor maxsulot realizatsiyaga yoki yetkazib berishga ularning sifati konikarli deb tan olinmagunga kadar ruxsat etilmasligini kafolatlanadi

    1. Aholi va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash usullari.

    - Dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun bir necha usullar keng miqyosda qo‘llaniladi: Me’yoriy usul - aniq kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan maxsus ta’sirga ega bo‘lgan vositalar (diabetga, silga, shishga qarshi va b.) uchun. Bu usul bitta davolash kursidagi vositalarni optimal to’plamiga va kasallikning obyektiv statistikasiga asoslangan. Usul oddiyligi, arzonligi, qulayligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy-matematik usullar keng omilli korrelyatsion-regression tahlilga asoslangan. Mantiqiv-iqtisodiv usullar ekspertli baholashga asoslangan. Bu usullar muammolarni hal qiluvchi mutaxassislarning fikrlari bilan bogiiq. Dori vositalarining tahlili va ehtiyojini istiqbollashda turli guruh vositalari iste’moli shakllanishi o'ziga xos ekanligini hisobga olish zarur. iste’moliga ko‘ra dori vositalari 3 guruhga bo‘linadi: - me’yori cheklangan dori vositalari (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar. etil spirti va.b.). - maxsus ta'sirga ega, 1-2 ta kasallikni davolashda ishlatiladigan vositalar. - keng qatnrovli ta’sir etuvchi, ko‘p kasalliklarni davolashda yoki ularning oldini olishda ishlatiladigan dori vositalari (isitma tushiruvchi, sulfanilamidlar, vitaminlar va b.). Me’yori cheklangan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. Ushbu guruh giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va etil spirtini o‘z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasi SSV tomonidan (17.06.96y. 489-sonli buyruq) giyohvand va psixotrop dori vositalariga 1 yilga 1000 nafar aholi uchun aniq miqdoriy me’yorlar hisoblangan. Xususan: morfin - 0,3 promedol - 5,0, omnopon - 0,3g va h.k. Davolash - profilaktika muassasalarida bu me’yorlar o‘rinlar soni va muassasa yo’nalishiga ko‘ra belgilanadi. Etil spirtining me’yori davolash muassasasining turi, ijtimoiy ta’minoti bilan bog’liq. Masalan. davolash muassasalari uchun quyidagi me’yorlar qo’yilgan: 157 1. Dorixona muassasalari uchun: 1000 ta yakka tartibda tayyorlanish lozim bo'lgan retseptlar uchun 2800 g. 2. Kasalxona uchun: jarrohlik profilaktikasida bitta bemor uchun - 400g, terapiyada -170 g. 3. Ambulatoriya-poliklinika uchun: bitta ro‘yxatda turuvchi bemor uchun yiliga- 50 g. SogMiqni saqlash muassasalariga spirtlar turli eritmalar, bor, salitsil, mentol ko‘rinishida ham yuboriladi. Ijtimoiy ta’minot muassalarida etil spirti me'yorlari quyidagicha; 1) Maktablarga: bitta o‘quvchi uchun yiliga 2 g. 2) Maktabgacha tarbiya muassasalarida: bitta o‘rin uchun yiliga 20 - 100 g Dori vositalarining iste’moli aholining kasallanish va tibbiy yordam ko'rsatish darajasi bilan bog‘liq. Maxsus ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarining ehtiyoji har biriga alohida hisoblanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi. Biror kasallikda bir kishiga ishlatilgan preparatlar bir kursi uchun yil davomida ketadigan dori vositalari miqdori. Ehtiyojni aniqlash quyidagi formula bilan topiladi: E = M x K x B, bunda E - dori vositalariga boigan ehtiyoj; M - 1 davolash kursiga bitta bemor uchun ketadigan dori vositasining miqdori; K - bir yil davomida davolash kurslarining soni; B - bemorlar soni.


    1. Download 139.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling