Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari


Download 139.32 Kb.
bet1/31
Sana20.06.2023
Hajmi139.32 Kb.
#1637334
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
FITQ TAYYOR


Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari.
- Dorixona marketingi nafaqat biznes vazifasi. Bu dori vositalari va xizmatlarini ishlab chiqarishning barcha sohalari hamda ularni amalga oshirishning keng ko'rinishi bu sog'liqni saqlash xizmatlariga bo'lgan talabni bashorat qiladigan, kengaytiradigan va qondiradigan ijtimoiy jarayon. Shuni yodda tutish kerakki, bu erda xaridorlar bemorlardir, ularning har biri o'zlarining dori-darmonlarga bo'lgan ehtiyojlariga ega. Dori vositalarining keng tarqalishi ishlab chiqaruvchi firmalar o'rtasida yuqori raqobatni keltirib chiqaradi. Farmatsevtika marketingi iste'molchi oxir-oqibat qaysi dorilarni tanlashiga ta'sir qilishi mumkin. Farmatsevtika sohasidagi marketingning asosiy printsipi iste'molchiga kerakli tovar va xizmatlarni taqdim etishdir. Buning uchun xaridorlarning haqiqiy ehtiyojlariga, bozor segmentatsiyasiga, barcha marketing vositalarining imkoniyatlariga, yangilikka, rejalashtirishga, uzoq muddatli istiqbolga tayanish zarur. Dorixonadagi marketingning yana bir printsipi - bu faqat yuqori sifatli mahsulotlarni sotish.

  1. Farmasevt xodimlarining shaxsiy tarkibga oid hujjatlari.

-Shaxsiy tarkibga oid hujjatlar tashkilot xodimlarining huquqiy, mehnat va xizmat faoliyatini tavsiflaydi, xodimlarning soni, ishga qabul qilinishi va ishdan bo„shatilishi, lavozimlarining o„zgarishi, ta‟til berilishi, rag„batlantirilishi, jazolanishi haqidagi ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Ularga Shaxsiy tarkibga oid ariza va buyruqlar, tarjimai hollar, tavsifnomalar, so„rovnoma (anketa)lar, Shaxsiy varaqalar, yig„ma jildlar, Shaxsiy varaqalar va boshqalar. Ariza– tashkilot yoki mansabdor shaxs nomiga ishga qabul qilish, ishdan bo„shatish, boshqa ishga o„tkazish, ta‟til taqdim etish haqidagi iltimos yozilgan hujjat. Shaxsiy tarkibga oid buyruq – kadrlar haqidagi ma‟lumotlarni qayd etadi (ishga qabul qilinishi, lavozimining o„zgarishi, ishdan bo„shashi, mansab maoshining belgilanishi, ta‟tillar, xizmat safarlari, rag„batlantirishlar, jazolashlar va boshqalar).Buyruqlarni saqlash muddati 75 yil. Mehnat Shartnomasi. Xodimlarni ishga qabul qilish mehnat Shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Mehnat Shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o„rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo„yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo„ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to„g„risidagi qonunlar va boshqa meyyoriy hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat Shartnomasi bir xil kuchga ega bo„lgan ikki nusxada, odatda davlat tilida tuziladi va tomonlar imzolaganlaridan so„ng kuchga kiradi, ularning har biriga saqlash uchun beriladi. Mehnat Shartnomasi ishga qabul qilish vakolatiga ega bo„lgan rahbar tomonidan imzolanib, uning imzosi korxona muxri bilan tasdiqlanadi. Shartnomada tomonlarning manzillari, boshqa ma‟lumotlar ko„rsatiladi. Mehnat Shartnomasi mazmuni – tomonlar qo„lga kiritayotgan xuquqlar, o„z zimmalariga olayotgan majburiyatlar majmuidir. Mehnat Shartnomasi zarur shartlar va qo„shimcha shartlarni o„z ichiga oladi. Quyidagilar mehnat Shartnomasining zarur shartlari hisoblanadi: Ish joyi – xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, tashkilot, tashkilot (uning tarkibiy bo„linmasi)ning nomi; Mehnat funksiyasi – mazmuni lavozim yo„riqnomalari va boshqa meyyoriy hujjatlar bilan belgilangan muayyan mutaxassislik, lavozim bo„yicha ish; Ish boshlanadigan kun – qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat Shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar ishning boshlanish sanasi qayd etilmagan bo„lsa, xodim Shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechikmay ishga tushishi shart; Mehnatga haq to‘lash miqdori va boshqa shartlar. Mehnat daftarchasi – ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat. Mehnat daftarchalari 5 kundan ko„p ishlagan tashkilot xaqida mexnat faoliyatini korsatuvchi hujjatlar. Unda mexnat stajini hamma turi belgilanadi. Kadrlarni hisobga olish bo‘yicha Shaxsiy varaqa (anketa) – xodimning bibliografik ma‟lumotlari, ma‟lumoti, mehnat faoliyati, oilaviy holati va h. bo„yicha savollar ro„yxati, ishga kirayotgan xodim tomonidan to„ldiriladi. Savollarga javoblar hujjat ma‟lumotlariga (pasport, mehnat daftarchasi, ma‟lumoti to„g„risidagi hujjatlarga) muvofiq to„liq, qisqartmalarsiz, tuzatishlarsiz beriladi. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi – xodim to„g„risida batafsil ma‟lumotlarni o„z ichiga olgan hujjatlar to„plami. Bunday yig„majildlar tashkilot faoliyatini o„rganishda muhim manba hisoblanadi. Unda quyidagi hujjatlar raqamda ko„rsatilgan tartib bilan saqlanadi: 1. hujjatlar ro„yxati- yig„ma jilddagi hujjatlar ichki ro„yxati; 2. ishga qabul qilish to„g„risida ariza, yo„llanma yoki tavsiyanoma; 3. kadrlarni hisobga olish bo„yicha Shaxsiy varaqa; 4. tarjimai hol; 5. ma‟lumoti to„g„risidagi hujjatning nusxasi; 6. tavsifnomalar; 7. buyruqlar (ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o„tkazish, ishdan bo„shatish haqida) dan ko„chirma; 8. kadrlarni hisobga olish bo„yicha Shaxsiy varaqaga qo„shimchalar; 9. rag„barlantirishni hisobga olish bo„yicha qo„shimchalar; 10. mazkur xodimga taaluqli ma‟lumotnoma va boshqa hujjatlar Shaxsiy hujjatlar yig„ma jildining boshlang„ich sanasi sifatida ishga qabul qilish to„g„risidagi arizaning sanasi olinadi, yakuniy sanasi esa – ishdan bo„shatish to„g„risidagi buyruqning sanasi hisoblanadi.


  1. Download 139.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling