Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari


Dori vositalari reklamasining qonuniy asoslari


Download 139.32 Kb.
bet6/31
Sana20.06.2023
Hajmi139.32 Kb.
#1637334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
FITQ TAYYOR

Dori vositalari reklamasining qonuniy asoslari.

-Dori vositalari reklamasiga metodik yondashuv,reklama – sarf-harajatlari, matbuotdagi reklama, sotuvlarni rag‘batlantirish, jamoatchilik bilan o‘zaro samimiy munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar (public - relations), direkt – marketing ( direct – marketing) asosida dorixonada dori vositalari reklamasining o‘ziga xos hususiyatlarini bila oladi.
REKLAMA TO‘G‘RISIDAQonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan. Agar reklama beruvchi reklama qilinayotgan qiyoslash ishonchliligining faktik dalillarini taqdim etishi mumkin bo‘lsa, agar bunda reklama foydalanuvchisini reklama chalg‘itib qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi mumkin bo‘lmasa, raqobatchining ishchanlik obro‘siga yoki uning tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), firma nomiga, tovariga yoki faoliyatiga putur yetkazmasa, qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi. Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom qilish;
qonunchilikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsiz bo‘lishga undovchi harakatlarga da’vat qilish;
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqa tovar reklamasida qo‘llaniladigan yoki video va kino mahsulotlarida, shuningdek boshqa ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarida (mualliflik huquqi), efir yoki kabel orqali ko‘rsatuvlar (eshittirishlar) beruvchi tashkilotlarning ijrolarida, fonogrammalarida foydalaniladigan umumiy yechimni, matnni, tasvirni, musiqali yoki ovozli effektlarni aynan takrorlash;
jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
pornografiya tusidagi axborotdan foydalanish;
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan chet el so‘zlari va iboralaridan foydalanish;
tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari) reklama qilinishi taqiqlangan yoxud reklama qilinishiga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan tovarning tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari) bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa tovarning reklamasi ko‘rinishida tovarni reklama qilish; davlat ramzlaridan, xususan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasviridan hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ohangidan foydalanish yoki ularni aynan takrorlash;
maktabgacha ta’limda hamda tarbiyada, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;
narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;
tovar to‘g‘risidagi, uni olish yoki undan foydalanish shartlari haqidagi muhim ma’lumotlarni yashirish va (yoki) o‘qish uchun farqlab olishni qiyinlashtiradigan qilib tasvirlash, agar bunda axborotning mazmuni buzib ko‘rsatilsa va reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itsa;
milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.
Quyidagilarni:
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunda taqiqlangan tovarlarni;
ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni;
giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop va (yoki) kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni;
pornografiya mahsulotlarini reklama qilish taqiqlanadi.


  1. Download 139.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling