O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyatining litsenziyalanadigan turlari.
Dorixona orkali dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya kilish litsenziyalanadigan farmasevtika faoliyati talab va shartlariga mos kelishi shart.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya kilishni tashkillashtirish ishlari axrliga sifatli va malakali xizmat kursatishni ta’minlashi va kafolatlashi kerak
Qalbakilashtirilgan dori vositalari tasniflanishi.
- O'zbekiston Respublikasiga kirib kelgan va sotilgan qalbaki dori
vositalari ishlab chiqarilish sharoitlariga ko‘ra 6 guruhga bo`linadi:
Birinchi guruh - ta’sir qiluvchi moddasi umuman bo‘lmagan dori
vositalari. Bunday dori vositalarini “platsebo” (bo‘sh vositalar) deb ataladi.
Bu dori vositalarini ishlab chiqarishda, odatda, oddiy neytral komponentlar
(talk, ohak, bo‘r va h.k.) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, sabzi va
boshqalar) qo‘llanadi. Bunday qalbakilashtirish turi kam uchraydi va
qalbaki vosita originaldan oson farqlanadi. Bu dori vositalari nisbatan
xavfsiz bo‘lsada, lekin davolanish jarayonida samara bermaydi. Bu usul
bilan, asosan, tabletka hamda surtma dori va gellar qalbakilashtiriladi.
Ikkinchi guruh - bu guruh vositalari tarkibiga asosiy ta’sir qiluvchi
modda o ‘rniga boshqa unga o'xshash ingredientlar kiradi, ya’ni asosiy
ta’sir qiluvchi modda o'rniga arzonroq, ammo samarasizroq modda kiradi.
Ko’pincha arzonroq dori vositasining yorliqlanishi qimmatbaho vositaning
yorliqlanishiga almashtiriladi. Masalan: oddiy fiziologik eritma flakoniga
samarali og‘riq qoldiruvchi yoki onkologik vositalarning yorliqlari
yopishtiriladi. Bunday guruh dorilar xavfli bo‘lib, kutilayotgan terapevtik
ta’sirni ko‘rsatmaydi.
Uchinchi guruh - bu guruh vositalari yorlig‘ida ko‘rsatilgan asosiy
ta’sir qiluvchi moddadan olinishi bo‘yicha farqlanadigan modda saqlaydi.
Tekshirish natijasida dori vositasining tarkibi mos keladi. Ammo baribir vosita qalbaki boladi. Masalan: Bayer (Germaniya) konsernining aspirin
qutichasiga mahalliy ishlab chiqarilgan atsetil salitsil kislotasi solingan
bo'ladi. Bu guruh dorilari bemorga katta ziyon keltirmaydi, ammo ko‘p
hollarda qollanayotgan vositaning terapevtik ta’siri past boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |