Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari
Farmasevtika bozorida marketing va uning funksiyalari
Download 139.32 Kb.
|
FITQ TAYYOR
Farmasevtika bozorida marketing va uning funksiyalari.
- Farmasevtikada marketingni dori vositalarini yaratishdan boshlab toki iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni ta’minlab beruvchi ishlab chiqarish falsafasi sifatida talqin etilsa, bu falsafa iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy omillar ta’siri ostida doimiy rivojlanishda bo‘lgan bozordagi shartsharoit, bozor talablariga to‘liq uzviy bog‘liqdir. Marketingning fan sifatida vazifalari – farmasevtik korxona faoliyat yuritayotgan ichki va tashqi muhitni tahlil qilish; bozorni, iste’molchilarni, raqobatni o‘rganish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni, tovarlar harakati va sotish jarayonini rejalashtirish; narx siyosatini belgilash va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketing dasturlarini ishlab chiqish va bajarilishini tashkillashtirish; marketingni boshqarish jarayonlarini o‘z ichiga olgan tamoillar qoidalar bo‘yicha bilimlarni shakllantirishdir. Iste’molchilarning talabiga asosan marketingning shakllari Farmasevtik bozorda marketingning asosiy maqsadi dori vositalariga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatishdir. Talab ko‘rsatkichi marketing maqsadi belgilanishiga, kerakli strategiya tanlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Quyida talabning turli holatlari va marketing strategiyasining talabga muvofiq vazifalari keltirilgan. 1.Manfiy talab –iste’molchilar tomonidan tovarning rad etilishi. Konversion marketing – manfiy talab holatida, tovar to‘g‘risida xato fikrlar va boshqa sabablar tufayli unga hozircha extiyoj sezilmaydigan joyda talabni shakllantirishga yordam beradigan marketingdir. Marketing xizmatining vazifasi – bozorning nima sababdan tovarni yoqtirmayotganini tahlil qilib chiqish va tovarni qayta ishlash. Narxlarni pasaytirish va talabni bir muncha jonlantirish yo‘li bilan marketing dasturi salbiy munosabatni o‘zgartira oladimi, degan muammoni hal qilishdir. 2.Talabning yo‘qligi – iste’molchilarning tovarga qiziqmasligi yoki unga befarq bo‘lishligi holatidir. Rag‘batlantiruvchi marketing – talabni uyg‘otadi. Uning vazifasi – tovarga xos xususiyatlarni insonning tabiiy extiyojlari va istaklari bilan bog‘lash yo‘llarini topishdir. 3.Yashirin talab – ko‘pgina iste’molchilarda bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar yordamida qondirib bo‘lmaydigan extiyojlar asosida belgilanadi. Rivojlantiruvchi marketing yashirin talabni aniqlab uni yuzaga chiqqan talabga aylantiradi. Marketing vazifasi – potensial bozor kattaligiga, sig‘imiga baho berish va talabni qondira oladigan samarali dori vositalarini yaratishni asoslash. 4.Kamayib boradigan(susaygan) talab. Har qanday farmasevtik korxona o‘zining bitta yoki bir nechta tovariga bo‘lgan talab kamayib qoladigan qola-digan holatga ertami-kechmi duch keladi. Remarketing yordamida nima sababdan talab kamayib, kon’yunktura pasayib boryayotganini tahlil qilib chiqish, dori vositasini takomillashtirish yoki bir muncha samarali aloqalarni o‘rnatish yo‘li bilan sotuvlarni yana jonlantirish imkoniyatlarini aniqlash kerak bo‘ladi. Marketing vazifasi – tovarni taklif etish ishiga yondoshuvni ijodiy ravishda qayta ko‘rib chiqib, talabning kamayishini to‘xtatib turishdir. 5.Nomuntazam talab. Ko‘pgina farmasevtik korxonalar mahsulot-larining savdosi mavsumiy ravishda o‘zgarib turadi, shu sababdan ishlab chiqarish jarayonining turib qolishi yoki ishning haddan tashqari ko‘payib ketishi kuzatiladi. Sinxromarketing – o‘zgarib turadigan, nomuntazam talabni nisbatan barqaror holga keltiradi, uning strategiyasi taklif va talab xajmlarini tenglashtirishdir. Marketingning vazifasi – narxlarni o‘zgartirish, rag‘batlantirish choralarini ko‘rish yo‘li bilan talabning vaqt davomida o‘zgarishini bilintirmaslik usullarini qidirib topishdir. 6.To‘la-to‘kis talab. Tadbirkorlar o‘zlarining tovar oborotlaridan qoniqadigan bo‘lsalar, to‘la-to‘kis talab deyiladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing – tovar assortimentini arzonlashtirish, yangilash, to‘ldirish yo‘li bilan iste’mol va talabni qanday darajada bo‘lsa, shu darajada saqlab qolish imkonini beradi. 7.Xaddan ortiq talab. Bunda talab darajasi bozorda taklif etilayotgan tovarlar bilan qondirilmaydigan bo‘ladi. Demarketing – haddan tashqari yuqori talabni kamaytiradi (narxlarni ko‘tarish, reklama va sotuvlarni rag‘batlantirishdan voz kechish). Demarketing yuqori mavqega ega bo‘lgan dori vositalariga ularni ishlab chiqarish imkoniyatlari yetarli bo‘lmagan, xom ashyo cheklangan vaziyatlarda tatbiq etiladi. 8.Noma’qul talab. Salomatlik uchun zararli tovarlarga bo‘lgan talabdir. Giyoxvandlik illati sababli narkotik dori vositalariga bo‘lgan talab, davolanish jarayonida dori vositalariga o‘rganish holati bunga misol bo‘ladi. Qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi marketing – noma’qul extiyojlarni qondiruvchi tovarlarga bo‘lgan talabni antireklama (iste’molchilarni o‘zlarining odatlaridan voz kechishga ko‘ndirish yo‘li) yordamida kamaytiradi yoki yo‘qotadi. Shunday qilib, farmasevtik bozordagi talab holatlari keltirildi va bu holatlarda talabga ta’sir ko‘rsatish (rag‘batlantirish, ko‘maklashish va tartibga solish) yo‘llari ko‘rsatildi. Marketing funksiyalari Bozor konsepsiyasi sifatida marketing uslubiyati marketing funksiyalarini aniqlash va ta’riflashga asoslanadi. Download 139.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling