Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari


Dori vositalari reklamasining asosiy turlari va shakllari


Download 139.32 Kb.
bet13/31
Sana20.06.2023
Hajmi139.32 Kb.
#1637334
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
FITQ TAYYOR

Dori vositalari reklamasining asosiy turlari va shakllari.

- Reklama mazmuni, uning qaysi ob’ektni tavsiflashiga qarab reklama tovar yoki firma reklamasi kabi turlariga ajratiladi.
Tovar reklamasi farmasevtika bozorida tijorat funksiyasiga ega, chunki u dori vositalari va tibbiybuyumlarning iste’mol qilish hususiyatlarini targ‘ibot qilgan holda bozor munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tovar reklamasining asosiy maqsadi tovarga bo‘lgan talabni shakllantirish va uning sotuvlarini rivojlantirishdir. Reklama aniq bir tovarni targ‘ibot qilar ekan, albatta uning sotilishiga yordam beradi. Tovar reklamasi iste’molchiga tovarning xususiyatlari, fazilatlari va afzalliklari haqida ma’lumot beradi, unga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Iste’molchi sotuvchi bilan muloqot qilishga harakat qiladi va sust,
potensial haridordan harid qilishga tayyor bo‘lgan faol haridorga aylanadi.
Firma (nufuzli) reklamasi firmaning boshqa raqobatchilardan farq
qiluvchi fazilatlarini, ustuvor tomonlarini, afzalliklarini yoritib beruvchi reklama turidir. Bunday reklamaning maqsadi jamiat, avvalo faol va potensial haridorlar orasida firmaning nufuzli, salmoqli imidjini yaratish asosida, firmaga hamda bu firmada ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan ishonch hissini shakllantirishdan iborat. Firma reklamasi yangi, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishda mazkur firma iste’molchilar, atrof-muhit va jamiat uchun qayg‘urishini, aholi farovonligini ortishiga katta e’tibor qaratayotganini alohida takidlaydi. Firma reklamasining vazifalariga iste’molchi va xaridorlar ongida firmaning obro‘-e’tiborli, yuqori malakali korxona, ishonchli hamkor ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, va firmaning nufuzli timsolini yaratish asosida unda ishlab chiqariladigan tovar sotuvlarini faollashtirish kiradi.
Farmasevtika bozorida, shuningdek, bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) va
bilvosita (yashirin) reklama turlari mavjud.
Bevosita reklama tijorat shartlarida bajariladi, va bunda reklama beruvchi aniq ko‘rsatiladi, aniq tovar yoki aniq firma to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama qilinadi.
Bilvosita reklama reklamani tarqatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanallaridan
foydalanmaydi, reklama beruvchini aniq ko‘rsatmaydi. Masalan, jurnalda yangi dori preparati haqida berilgan tijorat reklama e’loni – to‘g‘ri reklamadir. Aynan shu jurnalda ma’lum bir kasallikni davolash usuli haqida ma’lumot beruvchi ilmiy maqoladatadqiqotchi tomonidan biron bir preparatni eng samarali vosita sifatida taqdim etilib, uning ijobiy xususiyatlari, boshqa preparatlardan afzalliklari ko‘rsatilsa, bu turdagi ma’lumot bilvosita (yashirin) reklama turi hisoblanadi. Reklamaning bu turi qonunchilik me’yorlariga ko‘ra man etiladi.
Reklama taqdim etish shakliga ko‘ra tanishtiruvchi, targ‘ib etuvchi,
qiyosiy, eslatuvchi, mustahkamlovchi kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Tanishtiruvchi reklamapotensial xaridorning tovar to‘g‘risidagi fikrini
shakllantirish maqsadida yetarli ma’lumot berib, tovarni ta’riflaydi. Bu reklama birlamchi talabni shakllantirish maqsadida mahsulotni bozorga olib chiqish bosqichida qo‘llaniladi.
Targ‘ib etuvchi reklama bozorda mahsulotni sotish jarayoning o‘sishi bosqichida foydalaniladi. Bu reklama haridorni bu mahsulot aynan unga zarur bo‘lgan mahsulot ekanligiga ishontira olishi kerak. Bu reklamaning asosiy maqsadi xaridorda selektiv talabni shakllantirish, ya’ni mazkur tovarning konkret xususiyatlari asosida aynan shu tovarga bulgan qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan.
Qiyosiy reklama-bu reklamada analog, ya’ni o‘hshash boshqa tovarlar bilan solishtirilish asosidareklama qilinayotgan ma’lum bir tovarning afzalliklarini yoritish maqsadi belgilangan. Qiyosiy reklama qonun xujjatlarida belgilangan me’yoriy talablar doirasida tashkil etilishi kerak.
Eslatuvchi reklama – tovar hayotiy davrining yetuklik bosqichida haridorga mahsulotning bozorda mavjud ekanligini eslatish uchun qo‘llaniladi. Mustahkamlovchi reklamadantovarni xarid qilgan haridorga, uning tanlovi to‘g‘ri ekanligiga ishontirish uchun foydalaniladi.
dori vositalari reklamasiga quyidagilar kiradi:
- ommaviy reklama;
- sog‘liqni saqlash soxasi mutahassislari uchun mo‘ljallangan reklama;
- kompaniya vakillarining dori vositalarini tavsiya etuvchi (tibbiyot) va
sotuvchi (farmasevt) xodimlar oldiga tashriflari;
- bepul namunalarini taklif qilish;
- moliyaviy yoki boshqa moddiy afzalliklarni taklif va va’da qilish orqali dori vositalarini tavsiya etish va sotishga undash;
- shifokor va provizorlar ishtirokidagi dori vositalarining sotuvlariga
ko‘maklashadigan tadbirlarga homiylik qilish;
- xalqaro ilmiy anjuman va kongresslarda vrach va provizorlarning ishtirok etishiga homiylik qilish.


  1. Download 139.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling