Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari


Farmatsevtika tashkilotlarini boshqarishda hujjatlashtirish asoslari


Download 139.32 Kb.
bet11/31
Sana20.06.2023
Hajmi139.32 Kb.
#1637334
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
FITQ TAYYOR

Farmatsevtika tashkilotlarini boshqarishda hujjatlashtirish asoslari.

Hujjatlashtirish — buxgalteriya hisobi ob’ektlarini hujjatlarda yoppasiga aks etgirish usulidir. Har bir xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisobida faqat ularning to‘g‘ri va holisona rasmiylashtirilganligi, shuningdek ushbu jarayonning qonun talablariga muvofiqligi tekshiruvdan o‘tgan hujjatlar asosida aks ettirilishi kerak. Hujjatlarda bajarilgan jarayonning mohiyati, uning miqdoriy bahosi va puldagi ifodasi aks ettiriladi. Hujjatlarda berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha javobgar shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi

  1. Farmasevtika boshqaruvi tizimida audit.

Auditorlik faoliyati auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va boshqa shu kabi kasbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Davlat xokimiyati va boshqaruvi idoralari tomonidan auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.
Auditor – malakaviy auditor sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Auditor auditorlik tashkilotining shtatlar ro‘yxatida bo‘lsa yoki auditorlk tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xususiyatiga ega bo‘lgan shartnoma tuzilgan bo‘lsa auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga jalb qilinishi mumkin. Auditor sifatsiz auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, tijorat sirini oshkor etish va auditorlik tashkilotiga zarar yetkazgan boshqa hatti-xarakatlar uchun auditorlik tashkiloti oldida qonunchilikka muvofiq javobgardir.
Auditor yordamchisi - malakaviy auditor sertifikatiga ega bo‘lmagan va auditorning topshirig‘i bo‘yicha auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs.
Auditorlik tashkiloti – auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs.
Auditorlik tekshiruvi — auditorlik tashkilotlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti va u bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy axborotning haqqoniyligini hamda qonunchilikka muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv


  1. Download 139.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling