Farmasevtika sohasida kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish istiqbollari
Download 39.65 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-мавзу
2. O‘zbekiston kompyuter tarmoqlari.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng axborotlarni kompyuterlashtirish sohasida juda katta ishlar qilindi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborotlar bilan ishlashni jadallashtirish rejalari «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ham ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, 1999yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Biroz vaqtdan so‘ng 1999-2003yillarda O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasida korporativ foydalanuvchilar (vazirliklar tarmoqlari, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy va mintaqaviy boshqarish tizimlari va h.k.) uchun xalqaro milliy mintaqaviy ko‘lamda uzatiladigan axborotlar hajmining uzluksiz ko‘payishi, ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining vazifalariga quyidagilar kiradi: Mulkchilik shaklidan qat’i nazar davlat, jamoat organlari, fuqarolar,tashkilotlar, muassasalar, jamoalarning axborotlarga talabini qondirish uchun elektron axborot almashishni amalgam oshirish. Respublikada transport-kommunikatsiya asoslarining yagona axborotlimuhitini yaratish va uning dunyo axborot almashish tizimiga kirishini ta’minlash. Respublikada ma’lumotlarni uzatish provayderlar tarmog‘ining dunyoma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga, jumladan, internetga markazlashgan holda ulanishini ta’minlash. Davlat boshqarish va hokimiyat organlarida markazlashgan electron hujjat almashishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish. O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining barcha provayderlari xalqaro tarmoqlarga faqat ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i orqali ulanish huquqiga ega. 1997yildan boshlab O‘zbekistonda internet provayderlar xizmat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 40 dan ortiq internet poydevorlar ishlamoqda. Download 39.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling