Farmasevtika sohasida kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish istiqbollari


Download 39.65 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi39.65 Kb.
#1119488
  1   2
Bog'liq
7-мавзу


7 – ma’ruza mavzusi.

FARMASEVTIKA SOHASIDA KOMPYUTERLASHTIRISH VA AVTOMATLASHTIRISH ISTIQBOLLARI



Reja:
1. Kompyuterlashtirish istiqbollari va muammolari.
2. O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari.
3. Avtomatlashtirish tizimlari.


Tayanch so’z va iboralar: kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari, internet, avtomatlashtirish, avtomatlashtirish tizimlari.


1. Kompyuterlashtirish istiqbollari va muammolari.
O‘zbekiston Respublikasida tarmoqlarni avtomatlashtirish ishlari muntazam olib borilgan. O‘rta Osiyo respublikalari ichida birinchi marta 1956-yilda O‘zFA matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi. 1958-yil 30-dekabrda O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib «Ural» elektron-hisoblash mashinasi (EHM) ishga turishirildi. Keyinchalik, 1962-yilda Toshkent shahrida M20 rusumli (Qozon avtomatlashgan mashinalar zavodi mahsuloti), yarim o‘tkazgichli M220 rusumli, «Minsk 22», «Ural 2», «BCM6 – 1», «BCM6 – 2» rusumli EHM lar ishga tushirildi.
Toshkent shahri sobiq sho‘rolar davridayoq elektron-hisoblash mashinalar sohasidagi markazlarning biriga aylangan edi. 1966-yilda markaziy hisoblash bo‘limi negizida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ochildi. Bu birlashmada hukumat va jamoat tashkilotlarining buyurtmalariga ko‘ra ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilar edi. 1978-79 – yillarda «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida markazlashgan konstruktorlik-texnika byurosi, shuningdek, tajriba-sinov zavodi ochildi.
Bu ilmiy-amaliy muassasalarda respublikamizda ko‘zga ko‘ringan olimlar (V.Q.Qobilov, F.AAbutolipov, T.B.Bo‘riyev, B.M.Bondarenko, T.Komilov, T.F.Bekmuratov, R.R.Sa’dullayev, S.Ortiqova, H.Z.Ikromova, S.Karimberdiyeva va boshqalar) faoliyat ko‘rsatganlar.
Respublikamizda informatika fanining o‘qitilishi bo‘yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. 
«Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetini o‘rta maktablarning X–XI sinflarida o‘rganish 1985-86 o‘quv yilidan boshlab joriy qilingan edi. Ushbu predmetni 8-sinfdan boshlab o‘qitish MDH mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib respublikamizda yo‘lga qo‘yildi (1993–94 o‘quv yili). Ushbu predmetni o‘qitish uchun dastur, o‘quv rejalari ishlab chiqilib, 1993yilda 8-sinf uchun (A.A.Abduqodirov, T.Azlarov va boshqalar muallifligida), 1994yilda 9-sinf uchun (A.A.Abduqodirov, T.M.Mahkamov muallifligida) darsliklar yaratildi, 8 va 9-sinflar uchun predmetni o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi mashqlar to‘plamlari (A.A.Abduqodirov va A.G‘.Hayitov muallifligida) nashrdan chiqarildi. Shuningdek, respublikamizda informatika o‘qitish mazmunini takomillashtirishga qaratilgan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
2001yil aprel oyida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufida yangi axborot texnologiyalari markazi tashkil etildi.
Mustaqil respublikamizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni samarali va sifatli darajada qo‘llash, hududimizdagi kompyuterlar bozorini kengaytirish va shunga o‘xshash yo‘nalishlarda qator tadbirlar o‘tkazildi va yangilari rejalashtirilmoqda.
Chet el firmalarining vazifasiga nafaqat kompyuter boshqa texnikalarni sotish, balki respublikamiz mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish kiradi. Hozirgi kunda diyorimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kompyuterlar soni 100 mingdan oshib ketdi va ular, asosan, IBM, COMPAQ, HEWLETT PACCARD, EPSON, DAEWOO, SONY firmalarining mahsulotlari hisoblanadi. Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida COMPUTERLAND/MBL firmasining O‘rta Osiyodagi shtabi joylashgan. Bu esa vatanimizda madaniyat, ilm-fan rivojlanishi, avlodlarning keng miqyosda bilim olishida muhim rol o‘ynaydi.

Download 39.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling