Madaniyat va istirohat
Download 19.53 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”
Madaniyat va istirohat bog‘lari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi 322- sonli “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Vatanimizda an’anaviy tabiiy-madaniy maskan sifatida azaldan mashhur bo‘lib kelgan. Hozir ham bu go‘zal maskanlar ko‘pchilikning sevimli madaniy dam oladigan joylari hisoblanadi. Endilikda xalqimizning madaniy bog‘dorchilik an’analari qayta tiklanmoqda. Madaniyat va istiroxat bog‘larida ajdodlarimiz tajribalari asosida gulzor, xiyobon, chorbog‘ yaratish an’analaridan foydalanilmoqda. Respublikamizda nafaqat tarixda mashhur bo‘lgan bog‘lar, masalan, Samarqanddagi Amir Temur bog‘lari tiklanmoqda, shuningdek, Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ kabi mashhur yangi bog‘lar barpo etilmokda. An’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan yangi bog‘lar Namangan, Farg‘ona, Xorazm va boshqa viloyatlarda ham vujudga kelmoqda. Respublikamizdagi 120 dan ortiq bog‘larning 3/4 qismi, ya’ni 90 tasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatmokda. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida shunday ta’kidlangan: Biz odamlarning ma’naviy tarbiyasini o‘ylab, tinchlik va xayrli ishlarni ko‘zlab harakat qilayotgan har bir kishini qo‘llab-quvvatlaymiz, ular bilan hamkorlik qilamiz. Masalaning boshqa tomoni - ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to‘laqonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo‘lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o‘choqlarini ko‘paytirish, ularning sharoitini yaxshilash.Bog‘ – insonning tabiat bilan yaqin munosabatni o‘rnatishi, tabiiy sharoitda madaniy dam olishi va ruhiy zavq olishi uchun xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanadi. Ushbu tamoyildan kelib chiqqan holda bog‘ barpo etish juda buyuk savob ishlardan biri bo‘lib hisoblangan va qadimdan ajdodlarimiz tomonidan yurtimizning turli hududlarida bog‘lar yaratilgan. Buyuk bobomiz Amir Temur o‘z tuzuklarida “Xon bo‘lsang ham bog‘ yarat, gado bo‘lsang ham bog‘ yarat”,- deb bejiz yozib qoldirmagan. U o‘z so‘zlariga amal qilgan holda Samarqand shahri va uning atrofida 12 ta bog‘ning bunyod etilishiga boshchilik qilganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar mavjud. Yurtimizning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona va boshqa hududlari qadimdan o‘zining ajoyib bog‘-rog‘lari va oromgohlari bilan mashhur bo‘lgan. Bog‘larning barpo etilishida yurtimizdagi tabiiy sharoit ham muhim o‘rin tutadi. YA’ni, bahorning dastlabki kunlaridanoq ob-havoning isishi va to kech kuzgacha shunday holatning saqlanib qolishi aholining va xorijiy mehmonlarning tabiat bag‘rida yayrab xordiq chiqarishi uchun sharoit yaratilishini talab etgan. Yurtimiz bog‘larida xalq sayillari, ommaviy tomoshalar uyushtirilib, bu tadbirlar nomoddiy madaniy merosimizning ajoyib namunalari bo‘lgan dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik, xalq o‘yinlari bilan boyitilgan, askiya kechalari, mushoiralar uyushtirilgan. Hozirda esa bog‘lar umumxalq bayramlarini nishonlash maskanlaridan hisoblanadi. “Barkamol avlod yili” munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturida yurtimizning har bir tuman va shaharida kamida bittadan zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ining faoliyat yuritishiga erishish, ularning barchasini zamonaviy attraksionlar va o‘yin qurilmalari bilan jihozlash orqali aholi, ayniqsa, yoshlarning madaniy dam olishlari uchun sharoit yaratish, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, bog‘larni zamonaviy talablarga javob beradigan, turli yosh va aholi guruhlarining dam olish maskaniga aylantirish asosiy maqsad etib belgilangan. Ushbu maqsadlarga erishishda madaniyat va istirohat bog‘larini zamonaviy attraksion va o‘yin qurilmalari bilan jihozlash, ularda zamonaviy ko‘ngilochar obektlarni barpo etish qatorida istirohat bog‘lari bilan bog‘liq azaliy an’analarimizni ham saqlab qolish va ulardan yoshlar tarbiyasida unumli foydalanishni tashkil etish ham zarur. Download 19.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling