“Farmasevtikada sifatni ta’minlash va sifat nazorati mutaxassisligining magistratura талабаси Matrasulova Mohinur Arslonbekovna tomonidan bajarilgan “Azitromitsin


Download 16.91 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi16.91 Kb.
#1713339
Bog'liq
ichki taqriz


70911001-“Farmasevtikada sifatni ta’minlash va sifat nazorati» mutaxassisligining magistratura талабаси Matrasulova Mohinur Arslonbekovna tomonidan bajarilgan “Azitromitsin saqlagan gelni sifat nazorati usullarini ishlab chiqish” mavzusida bajarilgan magistrlik dissertatasiya ishiga


Taqriz
Farmatsevtika soxasidagi eng so`nggi yutuqlardan foydalanib, dori vositalarini sifatini taʼminlash tizimida jahon andozalari va tajribalarini inobatga olgan holda dori vositalarining GLP talablari asosida ishlab chiqarilganligini taʼminlash; sifatini nazorat qilish ; dori vositalarini ishlab chiqishda sifati, faolligi va bezararligini taʼminlashni oshirish kabi masalalarni yechimini topish zamon talabidir. Zamonaviy farmatsevtika qator makrolid saqlovchi dori vositalari aresenaliga ega. Shu bilan birga, bunday dori vositalari asosan, peroral ko`rinishda qo`llanilib kelinmoqda. Lekin azitromitsinni qator teri hastaliklarida, shuningdek, tashqi travmalarda, terini tashqi kesilib ketishi bilan bog`lik bo`lgan xolatlarda; stomatologiya, xamda ginekologiya amaliyotida protivomikrob va yallig`lanishni davolovchi vosita sifatida boshqa tur dori vositalari bilan uzviylikda va x.k., azitromitsinni qo`llash mumkin bo`lgan barcha patologik xolatlarda tashqi transdermal vosita sifatida qo`llash keng istiqbollarga ega ekanligi orqali ishning dolzarbligi asoslangan
Ishninig yangiligi va amaliy ahamiyati Azitromitsin saqlovchi gel uchun ilmiy asoslangan tarkib tanlangan va umumiy va xususiy sifat nazorati uslublari ishlab chikilgan.
Ish 75ta betda yoritilgan bo`lib , kirish va 3ta bobdan iborat amaliy qismdan tashkil topgan bo`lib, ish natijalari 3ta jadval va 10ta rasmlar ko`rinishida keltirilgan. Azitromitsin geli qator fiz-kimyoviy ko`rsatkichlar va asosiy ta`sir qiluvchi moddasi bo`yicha UB-spektrofotometriya usulida tahlil qilingan.Tahlil natijalari statistic qayta ishlangan bo`lib tahlil natijalarining o`rtacha nisbiy xatoligi tahlil chegarasidan oshmagan.
Magistrlik dissertatsiyasining oldiga qo’yiladigan talablar va magistratura mutaxassisligiga mosligi. Matrasulova Mohinur Arslonbekovnaning “Azitromitsin saqlagan gelni sifat nazorati usullarini ishlab chiqish” mavzusi bo’yicha magistrlik dissertatsiyasi o‘zining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va xulosalarining xolisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga javob beradi.
Dissertatsiya ayrim kamchiliklardan xoli emas: Bular quyidagilar:

  1. Ishda ayrim texnik xatoliklar mavjud.

  2. Adabiyotlarga ilovalarda ayrim xatoliklar mavjud.

  3. Azitromitsin subswtansiyasini UB- spektri rasmi ilova qilinmagan.

Xulosa taqrizga berilgan magistrlik dissertatsiya ishi dolzarbligi, bajarilgan tadqiqotlarning xajmi, qo`llanilga usullar, yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati bo`yicha qo`yilgan talablarga javob beradi va muxokama uchun dastlabki ximoyaga tavsiya etiladi.

Taqrizchi: Farmatsevtik kimyo kafedrasi v.v.b.prof. Р.А Хусаинова
Download 16.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling