Farmatsevt kasbining shakllanishida axloq va deontologiyaning roli. Farmatsevt va bemorning munosabatlari axloqi


Farmatsevt va shifokorning o‘zaro axloqiy munosabati


Download 21.5 Kb.
bet4/5
Sana20.10.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1711791
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIOETIK

2. Farmatsevt va shifokorning o‘zaro axloqiy munosabati

Farmatsevtika etikasi va deontologiyaning muhim elementi - bu
insonparvarlik tamoyillari va har bir ijtimoiy majburiyatning yuksak darajada
xabardorligi bilan bog‘liq bo‘lgan farmatsevtlar va shifokorlar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi axloqiy qoidalardir. Bu munosabatlar o‘zaro
tuShunish va o‘zaro hurmat asosida, bemorning oldida bir-birining mavqeini saqlab
qolish, do‘stona, ishbilarmonlik, do‘stona hamkorlik va o‘zaro yordam shaklida
qurilishi kerak.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy
maqsadi - bemorlarning sog‘lig‘i va farovonligini saqlashdir. Bunday holatda,
shifokor bemorga tashxis qo‘yib, dori-darmonlarni tavsiya qiladi. Dorixona
xodimining shifokorlar oldidagi vazifasi bir-birining tajribasi va bilimlarini hurmat
qilish orqali bemorga dorilarni tanlashda, uning xususiyatlari, sinonimlari va
o‘xshashlari haqida to‘liq ma’lumot berishda yordam berishdir.
Shifokorlar va farmatsevtlar:
• bir-biriga nisbatan mulohazasiz fikrlarga yo‘l qo‘yishi;
• bir-birining qadr-qimmatini pasaytirishi;
• bemorning oldida bir-birlari to‘g‘risida salbiy fikrlar bildirish kabi holatlar
mumkin emas.
Shifokor retsept orqali farmatsevtga murojaat qiladi. Farmatsevt dori
vositasining dozasi va uni qabul qilish tartibi bo‘yicha shifokor ko‘rsatmalariga
asoslanib, dori vositalarini bemorga beradi. Shifokor va farmatsevtlar bemorga
buyurilgan va berilgan dorilar uchun to‘liq javobgar bo‘ladilar. Shuning uchun
farmatsevt:
• shifokorni yozgan dori preparatini almashtirish;
•shifokorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar, belgilangan tartibqoidalar va noto‘g‘ri ko‘rsatilgan dorilarning dozalari, mos kelmasligini aniqlash va
boshqalardan iborat.
Barcha xatolar shifokorlar bilan muhokama qilinishi kerak. Bunday holda,
tanqidni xayrixohlik bilan asoslash kerak bo‘ladi.Ushbu xatoliklarga yo‘l
qo‘ymaslik uchun farmatsevtlarning vazifalari shifokorlarni dori vositalar haqida
to‘liq ma’lumotlarni berish, dori vositalarni qabul qilish, ularning analoglardan
foydalanish, Yangi dorilar haqida ma’lumot berishni muntazam ravishda yo‘lga
quyishni o‘z ichiga oladi.
Shifokorlar dorixonada mavjud bo‘lgan dori-darmonlar sonini va miqdorini
bilishi kerak, dori-darmonlarni dorixonaga olib kelish bemorlar va dorixona
joylashgan joydagi aholi soni, ularning talabi va ehtiyojini inobatga olib yozib
berishi lozim. Boshqa tomondan, preparat haqida ma’lumotga ega bo‘lgan shifokor
farmatsevtika kompaniyasiga yordam bermasligi kerak - bu tibbiyot kasbining
axloqiy tamoyillariga mos kelmaydi. Farmatsevt bir dori vositasini almashtirishda,
shifokor bilan kelishgan holda olib borishi, bemorga ikkala dori vositasini
ekvivalent ta’sirini tuShuntirish kerak. Ba’zi sabablarga ko‘ra shifokor retsept
bo‘yicha preparatning sinonimini belgilaydi, buni retseptda aniq yozib berishi kerak
bo‘ladi, aks holda bemor va farmatsevt o‘rtasida tuShunmovchilikka olib keladi.
Shifokor dorixonaga murojaat etganda, dorixona unga dori haqida professional va
keng qamrovli ma’lumotlarni etkazishi shart. Tugatilmagan yoki noto‘g‘ri javoblar
shifokorni farmatsevt xodimning salohiyatiga putur etkazishiga olib kelishi mumkin.

Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling