Farmatsevt kasbining shakllanishida axloq va deontologiyaning roli. Farmatsevt va bemorning munosabatlari axloqi


Farmatsevt va bemorning axloqiy munosabatlari


Download 21.5 Kb.
bet3/5
Sana20.10.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1711791
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIOETIK

Farmatsevt va bemorning axloqiy munosabatlari
Farmatsevtika xodimlari kasbiy faoliyati davomida doimo bemor va ularning
yaqinlari bilan muloqotda bo‘lishadi. Ularga nisbatan ziyraklilik, e’tibor va sabrtoqat ila muomalaga kirishib, bemorning sog‘lig‘i va hatto hayoti, Shuningdek,
bemor atrof-muhitni etarli darajada anglash haqiqati bilan bog‘liq muammolarni
o‘rganadi.
Dorixonaga kelgan bemor, birinchi navbatda, farmatsevt, farmatsevt
yordamchisi yoki kassirga murojaat qiladi. Bu erda tashqi ko‘rinish, yuqori axloqiy
muloqot, muloyimlik, hurmat so‘zlarini ishlatish qobiliyati, yuz ifodasi, ovoz, va
hokazolarga e’tibor qaratiladi.
Insoniyatning tibbiy yordamga rioya qilishi nafaqat tibbiyotga, balki so‘zlar
bilan ham kasalliklarni engib o‘tishga asoslangan bo‘lishi o‘ziga xos san’atdir.
Mahalliy terapiya asoschisi prof. M.Ya. Mudrovning fikriga ko‘ra, bemorga dori
vositasining ta’siri haqida to‘g‘ri talqin qilinishi kasalning sog‘ayishga bo‘lgan
ishonchini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida, dori vositasini qabul qilish
jatumanida bemor kasallikdan ko‘ra sog‘ayish haqida ko‘proq o‘ylaydi. Demak,
farmatsevt vazifasi - bemorning sog‘ayishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash,
davolanish jatumanida dori vositasining ta’sir kuchiga bo‘lgan munosabatni
uyg‘otishdan iborat. Buning uchun, farmatsevtning yuqori kasbiy va axloqiy
xususiyatlariga ega bo‘lishi, dorixonaga keluvchi xar bir bemorlar yoki xaridorlar
bilan munosabatlarini to‘g‘ri tashkil eta olishi va tartibga solishi, ularga psixologik
ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llay olishini amaliy namoyon eta bilishi zarur bo‘ladi.
Bemor dorixonaga tashrif buyurganida, birinchi navbatda farmatsevt
xodimining tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratadi. Ba’zan birinchi taassurot ularning
kelajakdagi munosabatlarini belgilaydi. Ish joyida farmatsevt xodimlar oldindan
belgilangan maxsus kiyimlarda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, farmatsevt ortiqcha
kosmetik vositalardan xoli holda, zebu-ziynat va taqinchoqlar taqmasligi, sochlari
bejirim turmaklangan, estetik ko‘rinishda bo‘lishi talab etiladi. Xodim albatta
o‘zining ism, familiyasi va otasining ismi, lavozimi ko‘rsatilgan beydjik taqqan
bo‘lishi kerak. Bu muloqotni osonlashtiradi, xodim va bemor orasidagi ishonchni
ta’minlaydi, Shuningdek, dorixona yoki kompaniyaning sotadigan mahsulot sifatiga
ishonch hissini tug‘diradi.
Bundan tashqari xodim kasbiy intizomlarga to‘liq rioya etishi, ish vaqtiga o‘z
vaqtida kelishi, majburiyatlarini to‘laqonli ado etishi talab etiladi. Xodimga bemor
bilan aloqa o‘rnatish uchun aniq harakatlarga kirisha olish, ravon nutq, ohang,
intonatsiya, tinglash qobiliyati ish faoliyatida as qotadi. Shundan kelib chiqib,
xaridorlar dorixona xodimlari to‘g‘risidam xulosa qiladilar. Farmatsevtdagi mavjud
serzardalik yoki tushkunlik bemorning holatiga beehtiyor salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun shoshqaloqlik bilan muloqot o‘rnatish tavsiya etilmaydi.
Farmatsevt xodimning nutq darajasi o‘rtacha darajada bo‘lishi kerak, chunki
tezkor nutq tuShunmovchiliklarga olib keladi. Psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra,
bemorlar preparatlarga bo‘lgan ishonchini 60-65 foizda ko‘rib, 10-15 foizda eshitib,
7-10 foizda ushlab ko‘rib, 5-6 foizda ta’mni sezib va 2-4 foizidagina hidlar orqali
to‘laqonli tasavvurga ega bo‘la olishlari aniqlangan. Shuning bir nechta dorilar
xaridorga berilayotganda preparatni qo‘llash haqida tuShuntirish bilan bir qatorda,
uni qo‘lingizda ushlab ko‘rsatib berish foydadan holi bo‘lmaydi.
Farmatsevt yoqimli ovoz kuchiga va to‘g‘ri so‘z birikmalariga ega bo‘lishi
kerak. Yo‘g‘on ovoz - hurmatsizlik belgisi; past ovoz esa – bemorda anglash va
tuShunishning qiyinlashishiga; baland ovoz bemorni bezovta qilishiga, monotonli
ovoz – xaridorda ishonchsizlik tug‘diradi.
Nutqning mazmuni xodimning nafas olishi, ovozli moslaShuvchanligi,
tuShuntirishlarni o‘z ichiga olgan texnikalar bilan belgilanadi. Doimo keraksiz
replikatsiyalar: "Obbo, tuShunmadingizmi!?" "Ajabo!", "Voy, xohlasangiz Shu!" va
boshqalardan qochish zarur.
Bemorlar bilan muomala qilishda samimiy munosabat muhim ahamiyatga ega.
Farmatsevt bemorga ziyraklik ila e’tibor qaratib, ichki ehtiyojlarini ehtiyotkorlik
bilan to‘liq his qilishi kerak. U me’yorida yoqimli tabassum va ochiq chehraga ega
bo‘lishi zarur.
Farmatsevt bemorni tinglay bilishi kerak. Bemorga gapirish imkoniyatini
berilishi lozim. Bemor nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham muhtoj.

Kasallik bemorning jamiyatda, oilada, ish kuchida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning
uchun, farmatsevtlarning vazifasi bemorni tezda sog‘ayishiga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlashdan iboratdir.
Suhbat qisqa nutq shaklida o‘tkazilib, bemorning fikr va hissiyotlariga ta’sir
qiladi va xabar faqatgina bemorni davolanish samaradorligini oshirishi uchun
xizmat qiluvchi so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Fikrlarning aniqliligi quyidagi
tuShuntirishlar bilan amalga oshiriladi: dori vositasining tarkibi, qo‘llanilishi, ta’siri.
Psixologlarning fikricha, odam eshitganlarini 1/5 ni eslab qoladilar, Shuning uchun
farmatsevt ikki marta dorini qabul qilish usuli va vaqtini, saqlanish tartibini (sharoit
va joy) tuShuntirib berishi kerak. Uzoq vaqt davomida davolanayotgan keksa
odamlar qabul qilish qoidalarini to‘g‘ri esda saqlashlari zarur. Uzoq vaqt davomida
preparat samaradorligini isbotlash bemorni ishonchsizligiga olib keladi. U bilan
suhbat 3-4 daqiqa davom etishi kerak. Bemor bilan bahslashish mumkin emas.
Suhbatdagi muhim masala - bu pauza bo‘lib, bemorga dori vositasining ta’sir
mexanizmi qanday ekanligini tuShuntirish kerak xolos.
Yaxshi xotira farmatsevt xodim uchun muhimdir. Bemorga to‘g‘ri
ma’lumotni berish uchun u dori vositalarining nomlari, ularning sinonimlari,
iste’mol qilish usullari va qoidalarini, xususan, ularning narxlarini va boshqalarni
eslab qolishlari kerak.
Farmatsevt diqqatini bir joyga jamlay olishi kerak, bemorning xulq-atvorini
kuzatish, uning his-tuyg‘ulari va fikrlarini, yuz ifodalari imo-ishoralariga ko‘ra
tuShunish lozim. Dorixonaga kelgan bemorning xarakteri va qay holatdaligiga qarab
muomalada bo‘lishi lozim.
Farmatsevtika xodimlari bilan bemor o‘rtasidagi munosabatlarning axloqiy
jihati bu dori-darmonning to‘g‘ri va estetik dizayni bilan o‘ramlarga o‘rab berishni
talab qiladi. Bemorga muddati o‘tgan dori-darmonlarni taklif qilish mumkin emas.
Farmatsevt etikasining tamoyillari davolanish (farmakofiliya) va
farmakofagiya (yuqori dozalarda preparatlarni qo‘llash) uchun "sevgi" deb
nomlangan bemorlarni ogohlantirish zarurligini ta’minlaydi.
Farmatsevt va bemor o‘rtasidagi munosabatlarning axloqiy va huquqiy
jihatlari kasallik haqidagi ba’zi noqulay ma’lumotlarning, Shuningdek, bir yoki bir
nechta dorilar ishlatilayotgan kasallikning maxfiyligini talab qiladi.Bu bemorning
aqliy balansini saqlab qolishga, davolanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatilishiga, kasallikka
qarshi jismoniy va ruhiy kuchlarni safarbar qilishga imkon beradi.
Farmatsevtik axloqiy va deontologiya tamoyillariga sodiq qolish kasallikni
faqat dori vositalari bilan emas, balki so‘z bilan yaxshi muomala va samimiy
munosabat ham bir san’atdir.


Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling