Farmatsevtik biotexnologiya 104 a guruh talabasi Azambekov Izzatillo


Download 373.86 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi373.86 Kb.
#1275187
Bog'liq
fiziologiya 1-mavzu

FARMATSEVTIK BIOTEXNOLOGIYA 104 A guruh talabasi Azambekov Izzatillo

MAVZU: Organizmni oʻz oʻzini boshqarishi. Funksional boshqaruv mexanizmlari. Gomeostaz. Adaptatsiya


Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri o'z-o'zini boshqarish sanaladi. O'z-o'zini boshqarish - tirik organizmlarning fiziologik yoki biologik ko'rsatkichlarini muayyan va doimiy darajada avtomatik tarzda saqlash xususiyati sanaladi. Organik olamning turli tuzilish darajalari, ya'ni molekula darajasidan tortib, organizm darajasigacha o'z- o'zini boshqarishning aniq tizimi, xilma-xil ko'rinishlari mavjud.
O'z-o'zini boshqarish mexanizmining ishga kirishishi uchun muayyan omil ta'sir ko'rsatishi, organizm ichki muhitidagi birorta kimyoviy modda (gormon yoki qand miqdori)ning konsentratsiyasi, ba'zi organlar sistemasi holatining o'zgarishi, organizmga yot moddaning kirishi yetarli sabab boʻladi. Masalan, xloroplastlar yorug'lik ta'sirida sitoplazmada joylashgan o'rnini o'zgartirish xususiyatiga ega.
Bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, bir hujayrali suvo'tlari va yuksak oʻsimliklarning jinsiy hujayralari uchun tashqi omillar (yorug'lik, kimyoviy moddalar, kislorod) ta'sirida oʻzgarishi taksis deyiladi. Ko'p hujayrali organizmlarning hayotiy jarayonlari nerv, gumoral va immun sistema tizimi bilan bogʻliq.
Tirik organizmlarda nerv sistemasining paydo boʻlishi natijasida boshqarishning yangi shakli - nerv orqali boshqarish yuzaga kelgan. Nerv sistemasining rivojlanish darajasi bilan bogʻliq holda nerv sistemasining ustuvorligi asosida neyrogumoral boshqarish shakllangan. Nerv boshqarilish - nerv sistemasi vositasida organizmning bir butun yaxlitlikdagi hayotini ta'minlaydigan jarayonlar yig'indisi sanaladi.
Nerv sistemasi filogenezi. Tirik organizmlardagi har bir organlar siste masining tarixiy rivojlanishi filogenez deyiladi. Nerv sistemasining filogenezi quyidagi bosqichlarga bo'linadi. Birinchi bosqich: to'rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistema. Bo'shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan nerv o'simtalari vositasida turli yo'nalishlarda birlashgan butun tanani to'r shaklida o'rab olgan nerv huiavralaridan iborat.
Adaptatsiya (lot. adaptatio — mos-lashuv) — 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi aʼzolarining oʻziga taʼsir etadigan qoʻzgʻatuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining oʻzgarishi (mas, koʻzning yorugʻlik yoki qorongʻilikka moslashuvi). Qoʻzgʻatuvchining taʼsir kuchi oʻzgarishi bilan sezgirlik ham oʻzgaradi. Qoʻzgatuvchilar sust taʼsir etganda sezgirlik oshadi, kuchli taʼsir etganda esa kamayadi. A. hodisasi hamma tashqi sezgilar (koʻrish, eshitish, hid, taʼm, badan sezgisi) ga xosdir. Taktil, harorat, hid va koʻrish sezgilarida A. kuchli, eshitish va ogʻriq sezgilarida ku-cheizdir.
Gomeostaz, gomeostazis (gomeo... va yun. stasis — harakatsizlik, holat) — biologik sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining dinamik nisbiy doimiyligini saqlab qolish xususiyati. Gomeostaz tushunchasini amerikalik fiziolog U.Kennon (1929) taklif etgan. Gomeostaz biologik tuzilishning har xil darajasida namoyon boʻladi.
Fiziologik Gomeostaz Yerda hayotning paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan, chunki bir hujayralilarning kelib chiqishi hujayra ichida tashqi muhit sharoitidan farq qiladigan maxsus fizik-kimyoviy sharoitning qaror topishi bilan bogʻliq boʻlgan. Koʻp hujayralilarda vujudga kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar joylashadi, ana shu ichki muhitda Gomeostaz mexanizmlari rivojlanadi va takomillashib boradi.
Download 373.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling