15- mavzu: Qo‘ng‘irboshlilar tartibi (g’alladoshlar oilasi: makkajo’hori, sholi, bug’doy avlodilari)
16- mavzu: Test makroskopiya usuli yordamida gerbariydan foydalangan holda o‘simlik oilalarini aniqlash.
17- mavzu: Test makroskopiya usuli yordamida gerbariydan foydalangan holda o‘simlik oilalarini aniqlash.
18- mavzu: O‘simliklar ekologiyasi, geobatanikasi va geografiyasi.
3.2.2. Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mustaqil ishlashda darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma va ko‘rgazmali ashyolardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ushbu o‘quv moduli bo‘yicha amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga alohida o’tkaziladi.
Amaliy mashgulotlarini o`tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
-o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo`yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg`otish;
-talabada natijani mustaqil ravishda qo`lga kiritish imkoniyatini ta`minlash;
-talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amalda qo`llay olish va xulosa chiqara olish ko`nikmalarini shakllantirish.
3.2.3. Modulni o`qitish davomida egallanadigan amaliy ko`nikmalar va kompetensiyalar
Modul davomida egallaniladigan amaliy ko’nikmalar ro’yxati:
mikropreparatlarni tayyorlash texnikasini o‘rganish;
kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblardan foydalanish;
doimiy va vaqtincha kesiklar tayyorlash va ularni bo‘yash,
hujayradagi moddalarni aniqlashdagi kimiyoviy reaksiyalarni bajara olish;
o’simlik organlarida: ildiz, poya, bargning tuzilishini anatomik ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda aniqlash;
- o’simliklar dunyosining tasnifi va ularning tipi, sinfi, oilasi, turini bilish, o‘simliklardan gerbariy tayyorlash;
- tabiatdagi o’simliklar qoplamini o’rganib, ulardan oqilona foydalana bilish
Do'stlaringiz bilan baham: |