Farmatsevtik botanika modul dasturi
Download 74.18 Kb.
|
ФАРМАЦЕВТИК БОТАНИКА
- Bu sahifa navigatsiya:
- FARMATSEVTIK BOTANIKA MODUL DASTURI
- Taqrizchilar
- 1.O‘quv modulining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o’rni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
FARMATSEVTIK BOTANIKA MODUL DASTURI Bilim sohasi: 500000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot Ta'lim sohasi: 510 000 – Sog’liqni saqlash Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya ( turlari bo’yicha) Toshkent – 2021 Tuzuvchilar: Yulchieva M.T. – Farmakognoziya kafedrasi dotsenti, b.f.n.,dotsent Atamuratova N.T – Farmakognoziya kafedrasi katta o’qituvchisi Dusmuratova F.M. – Farmakognoziya kafedrasi dotsenti v/b, b.f.n. Taqrizchilar: Nurmuxamedov A.A. – tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti, q/x.f.n.,dotsent Raximova T.T. - O’z.RFA Botanika instituti, geobotanika va o’simliklar ekologiyasi laboratoriyasining etakchi ilmiy hodimi, b.f.d., professor Modul dasturi Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqilgan. Modul dasturi Toshkent farmatsevtika instituti Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (202__ yil “___”_______________dagi ___- sonly bayonnoma) Modul dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika uzluksiz kasbiy ta’limi muassasalararo Muvofiqlantirish kengashining 202__ yil “___”_______________dagi ___- sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 202__ yil “___”_______dagi ___- sonly buyrug’ining ____-ilovasi bilan modul dasturi tasdiqlangan. 1.O‘quv modulining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o’rni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-4310 “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-moduli tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori darajada ma’naviy va ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash ilmiy asoslangan, xalq manfaatlariga javob beruvchi dasturni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Farmasevtik botanika moduli o’quv rejaning umum kasbiy modular blokiga taaluqli bo’lib, 2 kursda o’qitiladi. Dorivor moddalarning ko‘pchiligi o‘simliklar mahsuli ekanligini hisobga olib, farmatsevtlar ularni makro va mikroskopik tuzilishini tekshirib aniqlaydilar, o’simliklar anatomiyasi, morfologiyasi, sistematikadan bilimga ega bo‘ladilar. Bu amaliy tajriba turli o‘simliklarni qismlari to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilishga, makroskopik va mikroskopik tomondan aniqlashda farmakognoziya moduliga o’tishga asos bo‘ladi. Download 74.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling