Farmatsevtik botanika modul dasturi


Fanning maqsadi va vazifalari


Download 74.18 Kb.
bet2/18
Sana04.01.2023
Hajmi74.18 Kb.
#1077652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ФАРМАЦЕВТИК БОТАНИКА

2.Fanning maqsadi va vazifalari
2.1. Modulning maqsadi:
Modulni o’qitishning asosiy maqsadi - talabalarga dorivor o’simlik mahsulotlarini chinligini va sifatini aniqlash uchun zaruriy ko’nikmalarni singdirish, ya'ni makroskopik, mikroskopik va mikrokimyoviy rеaktsiyalar o’tkaza bilish, hamda dorivor o’simlik va mahsulotlarni izlab topish, zahirasini aniqlash, tayyorlash, ulardan dorilar tayyorlash va ishlatishni bilishga o’rgatish.
2.2. Modulning vazifasi:
Modulni o’qitishning asosiy vazifalari - talabalarga o’simlik mahsulotlarini asosiy ta'sir qiluvchi biofaol moddalarni biogеnеzi, o’simlik organlarida to’planishi va to’planishga ta'sir qiluvchi omillar, dorivor o’simlik mahsulotlarida biofaol moddalarni to’planishi dinamikasi, shu tufayli tayyorlash vaqtini hamda usulini va saqlash bo’yicha ko’nikmalarni o’rgatishdan iborat.


2.3. Modul bo’yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
3-semestr yakunida
3 kredit
Talaba:

  • o‘simlik hujayralari;

  • o‘simlik to‘qimalari va qismlari to’g’risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • o‘simlik organlarining anatomik tuzilishi va ularning xilma-xil ko‘rinishlarini ajratish;

  • o‘simlik to‘qima va hujayralarining elementar tuzilishini bilish va mustaqil ravishda hujayra qobig‘i, sitoplazma, yadro, vakuola (hujayra shirasi), hujayra xosilasi bo‘lgan kraxmal, yog‘, oqsilga mikroreaksiyalar olib borish, o‘simlik xom-ashyosini diagnostik ko‘rsatkichlari bo‘lgan kristallarning bor yo‘qligini aniqlash;

  • o‘simlik to‘qimalarida reaktivlar yordamida tirik va o‘lik hujayra elementlarini, hujayraning yog‘ochlangan va sellyulozali qobig‘ini, probkalanishini, qoplovchi to‘qimalarning kutinlashganini, tukchalarning har-xil turlarini va ular tuzilishini xilma-xilligini aniqlashni bilish;

  • efir moyi, smola bo‘shliqlarning bor yo‘qligini va ularning tuzilishini aniqlash;

  • hosil qiluvchi, qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi, asosiy va ajratuvchi to‘qimalarning tuzilishini bilish;

  • o‘simlikning morfologiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblardan foydalanish;

  • doimiy va vaqtincha kesiklar tayyorlash va ularni bo‘yash;

  • hujayradagi moddalarni aniqlashdagi kimiyoviy reaksiyalarni bajara olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;




Download 74.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling