1- sinfda 30—40 daqiqa, 2 sinfda 1 soat, 3-4- sinfda 1,5 soat, 5-6- sinflarda 2 soat, 7-8- sinflarda 2,5 soat, 9-11- sinflarda kо‘pi bilan 3 soat davom etishi mumkin. - Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kun tartibida 1-1,5 soat, o'rta va yuqori sinflarda 1.5-2.5 soat bo'sh vaqt hisobga olinadi. Bu vaqt o'quvchi qiziqqan mashg'uloti bilan shug'ullanishi (badiiy kitob, ro'znoma o'qish, televizor ko'rish, radio eshitish, rasm chizish, tikish, sport, havaskorlik va h. k.) mumkin.
O‘quvchining dam olish kunini tashkil qilish Uxlash, ovqatlanish, ertalabki gimnastika va yuvinish vaqtlari kun tartibida qanday bo'lsa, shundayligicha qoladi. Faqat maktabda o'qish va jamoat ishlari bilan shug'ullanish vaqti hisobiga o'quvchi ochiq havoda sayr qilishi kerak. Sharoitga qarab qayiqda, velosipedda, piyoda sayr qilib dam olishi, cho'milishi, sport o'yinlari va uy ishlari bilan shug'ullanishi mumkin. Lekin kun bo'yi yotib dam olishi, bir necha soatlab televizor ko'rishi yoki, aksincha, bir necha soat o'ynab, haddan tashqari charchab qolmasligi kerak. Maktabdagi mashg'ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat o'yinlar o'ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta’sir ko'rsatadi. Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning, almashinib turishi ish qobiliyatini oshiradi. - Maktabdagi mashg'ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat o'yinlar o'ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta’sir ko'rsatadi. Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning, almashinib turishi ish qobiliyatini oshiradi.
- Yurak-tomirlar tizimi. nafas a'zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg'ulotlari, turistik safarlar, to'garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar) o'quvchilarga zavq bag'ishlab, kuch-quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini oshirishga ijobiy ta'sir qiladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |