Farmatsevtik ishlab chiqarishdagi asosiy atamalar bajardi: farangiz g`ofurova tekshirdi: marhabo shomaqsudova


Download 136.48 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2023
Hajmi136.48 Kb.
#1075751
  1   2
Bog'liq
FICHTQ Farangiz

Farmatsevtik ishlab chiqarishdagi asosiy atamalar

BAJARDI:FARANGIZ G`OFUROVA TEKSHIRDI: MARHABO SHOMAQSUDOVA

REJA

  • 1. FARMATSEVTIK TARMOQNI RIVOJLANTIRISH
  • 2. FARMATSEVTIK ISHLAB CHIQARISHDAGI ASOSIY ATAMALAR 3. ATAMALARNING TAVSIFI VA QO`LLANILISHI
  • Farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari. “Farmatsevtik
  • ishlab chiqarishini tashkil etish” fani asosiy tushuncha va atamalari.
  • Tayanch so’z va iboralar: farmatsevtika faoliyati, farmakologik vositalar, tibbiy texnika, tibbiy
  • buyumlar, sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum, retsept, dorivor o’simlik xom ashyosi.
  • Keyingi yillarda respublikada aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika
  • (keyingi o‘rinlarda — farmatsevtika mahsulotlari) bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish
  • bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
  • uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
  • Shu bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlari yetarli darajada emasligi hamda mahalliy
  • farmatsevtika mahsulotlarining tor assortimenti ichki bozor ehtiyojlarini qondirmayapti va importga
  • haddan tashqari bog‘lanib qolishga sabab bo‘lmoqda.
  • Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarning sust
  • tashkillashtirilishi tashqi bozorlarda raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish
  • imkoniyatlarini va tarmoqning eksport salohiyatini cheklamoqda.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini
  • rivojlantirish agentligi
  • Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog‘liqni saqlash
  • muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan
  • taʼminlanganlik darajasini yana-da oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini
  • muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi
  • Prezidentining 2017 yil 7 noyabridagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan
  • takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston
  • Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi
  • tashkil etildi.
  • Farmonga asosan, quyidagi davlat muassasalari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
  • Agentligi tarkibiga kiritildi:
  • ➖ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va
  • tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi;
  • ➖ O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti;
  • ➖ Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti;
  • ➖ “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti;
  • ➖ “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri.
  • Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
  • ➖ farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy
  • mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga
  • oshirish;
  • ➖ farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash
  • muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va
  • uning asosida ichki bozorni yana-da to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha
  • takliflarni ishlab chiqish

Download 136.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling