Farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonun osti hujjatlari


Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Download 45.99 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi45.99 Kb.
#1264520
1   2   3   4   5
Bog'liq
FITQ AKROM

Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Asosiy tushunchalar (1) -dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sun‘iy bo’lgan bir yoki bir necha dori moddalari (substansiyalari) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo’yish va davolash uchun qo’llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo’yish va sterilizatsiya vositalari kiradi; -dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o’ralgan, qo’llashga tayyor dori vositalari; -dori moddalari (substansiyalari) — kelib chiqishi tabiiy va sun‘iy bo’lgan, qo’llashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar
farmakologik vositalar — belgilangan farmakologik faollikka ega bo’lib, klinik sinov ob‘ektlari hisoblanadigan muayyan dorivor shaklidagi moddalar yoki moddalar aralashmasi; -farmakopeya — dori vositalari sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari to’plami; -farmakopeya maqolasi — dori vositasi uchun farmakopeya qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan me‘yoriy-texnik hujjat; 47 -ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasi — dori vositalarini tibbiy qo’llanish huquqi uchun O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi ruxsatini tasdiqlovchi hujjat; -dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reestri —rasmiy hujjat bo’lib, u tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar ro’yxatidan iborat; -generik dori vositalari (generiklar) — patent berilganlaridan qolishmaydigan, lekin boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori preparatlari; -gomeopatik vositalar — gomeopatik qoidalarga binoan qo’llaniladigan va davlat reestrining maxsus bo’limiga kiritilgan dorilar; -farmatsevtik faoliyat — dori vositalarini, tibbiy buyumlarni yaratish bo’yicha izlanishlarni, tadqiqotlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash, ro’yxatdan o’tkazish, saqlash, axborot berish, etkazib berish va realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat; -dorixona — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga mo’ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, ma‘danli suvlarni, davolash-kosmetika mahsulotlarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotsi. Dorixona tashkilotlari jumlasiga dorixonalar va ularning filiallari, davolash va kasallikning oldini olish tashkilotlarining dorixonalari kiradi; -retsept — shifokorning farmatsevtga dori tayyorlash va berish haqidagi yozma ko’rsatmasi bo’lib, unda dorini qo’llash usuli qayd etilgan bo’ladi; -standart yozuv — dori preparatlarining davolash xususiyatlari samaradorligi tekshirilganidan so’ng tuzilgan tarkibi; -tibbiy buyumlar — kasallikning oldini olish, tashxis qo’yish va davolash uchun tibbiyotda qo’llaniladigan buyumlar. Ular jumlasiga bog’lash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo’ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo’llaniladigan ashyolar va materiallar kiradi. -farmakopeya qo’mitasi — dori vositalari, tibbiy buyumlar sifatiga va ularni nazorat qilish usullariga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydigan me‘yoriy-texnik hujjatlarni tasdiqlovchi rasmiy ekspert organi;
Farmatsevtik faoliyat turlari
1. dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo’yicha izlanishlar
2. ishlab chikarish
3. dorixona sharoitida tayyorlash
4. sifatini nazorat kilish
5. ruyxatdan o’tkazish
6. saklash
7. axborot beris
8. savdosi (chakana va ulgurji) «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi qonun I.

Download 45.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling