Farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy
Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi
Download 377 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MAVZU
Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi
Ulgurji savdo tashkilotlari- (distribyutorlar) - bu dori vositalari va tibbiy buyumlarini ulgurji yo‘l bilan sotib olish va ularni chakana savdo nuqtalariga qayta sotishni amalga oshiruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor. - distribyutorning vazifasi-dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish olish, joylash, saqlash, ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, buyurtmalar asosida ularni ta'minlash; - distribyutor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilardan sotib olish narxi va chakana savdo tarmoqlariga yetqazib berish narxi o‘rtasidagi farqi xisobiga faoliyat yuritadilar. Aniq bir tasnif xususiyatiga qarab, ulgurji farmatsevtika tashkilotlari quyidagilarga bo‘linadi: - xududiy ulgurji tashkilotlar, tovarlarni ulgurji savdosi jarayonini tugatib, farmdistribyutorlar va maxalliy ishlab chiqaruvchilarning maxsulotlarini sotib oladilar, so‘ngra farmatsevtika maxsulotlarini chakana savdo tarmoqlariga (dorixonar) olib chiqadilar, chunki ular bozorda o‘z ta'sir doirasini aniq belgilaydilar. - ixtisoslashtirilgan ulgurji tashkilotlar - bir yoki bir necha gurux tovarlarning bir xil iste'mol xususiyatlari va maqsadlari bilan olish va sotishlarini amalga oshira oladilar (masalan ortopediya tovarlar). Agar ulgurji tashkilot muayyan tovarlarni sotishga ixtisoslashgan bo‘lsa, unda bu diler va ma'lum bir ishlab chiqaruvchining tovarlarini sotishda ixtisoslashgan bo‘lsa-bu rasmiy diler deb ataladi. -universal ulgurji farmatsevtika tashkilotlari turli dori vositalari va tibbiy buyumlarini sotadi va sotib oladi. -mustaqil ulgurji tashkilotlar - savdo-sotiq faoliyatiga ixtisoslashgan mustaqil tovarlarning ulgurji savdosi, mol-mulkni butunlay ulgurji savdoga o‘tqazish yo‘li bilan sotib, to‘liq xajmini amalga oshirish. Xozirgi vaqtda qator rivojlangan mamlakatlarda ulgurji sotish tegishli yaxshi amaliyotning qoidalari (GDP – Good Distribution Practice) mavjud. Ushbu hujjatda tovar xakaratining har bir bosqichlarida dori vositalari sifatini, qayd qilinishini, saqlash talablarini bajara oladigan, yetkazib berish kafolatini va boshqalarni ta'minlab beradigan tegishli ulgurji savdoning asosiy negizlari belgilangan. Ushbu hujjat dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi xodimning bilim darajasi va tajribasiga qo‘yilgan talablarni ham o‘z ichiga olgan. Ulgurji sotish jarayonida zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular dori vositalari harakatini aks ettiruvchi, turli xil logistik jarayonlarini izoxlaydigan buyurtmalar, yo‘riqnomalardir. Yaxshi saqlash amaliyoti (GSP) –farmatsevtika tovarlarini to‘g‘ri saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan qator chora-tadbirlarni belgilaydi. Mazkur standartning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilardan iste'molchiga yo‘naltirilgan mahsulot sifatini saqlab qolishdir. Ushbu qoidalar JSST mutaxasisslari qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan boshqa GSP standartlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, aniq chora-tadbirlar tavsifini o‘z ichiga oladi. GSP qoidalari farmatsevtika mahsulotlarini saqlash, tashish va tarqatish bilan bog‘liq barcha xodimlarga taaluqlidir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida 150ga yaqin mahalliy ulgurji savdo tashkilotlari faoliyat yuritmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 201 7 yil 7 noyabrdagi № 5229- son farmoishga muvofiq “O‘zmedimpeks” DUK moliyalashtirish manbasidan qat'iy nazar, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari, davlat sog‘lig‘ini saqlash muassasalari uchun tibbiyot texnikalari hamda maxsus tibbiyot avtotransportining yagona yetkazib beruvchisi, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha agent deb belgilangan. “O‘zmedimpeks” DUKning asosiy vazifalari etib farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish orqali ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni amalga oshirish deb belgilangan. Download 377 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling