Farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy


 Farmatsevtika omborxonasining tuzilishi


Download 377 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi377 Kb.
#1014545
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MAVZU

5.3. Farmatsevtika omborxonasining tuzilishi 
Zamonaviy farmatsevtika ombori - muayyan tuzilishga ega bo‘lgan 
murakkab texnik tuzilmadir. Omborxona xonalari bajaradigan funksiyasiga qarab 
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni 


joylashtirish va berish, xonalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi, xamda 
ularning xavfsizligi ta'minlanishi kerak. 
Omborni to‘g‘ri tashkil etilishi tashkilotning raqobatbardoshliligiga, 
mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga, xarajatlarni ortmasligiga, ish 
samaradorligining sezilarli ortishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 
Farmatsevtika omborxonalari binosining kirish qismida tashkilotning nomi
tashkiliy-xuquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqidagi ma'lumotlarni 
o‘z ichiga oluvchvi peshlavxa bo‘lishi kerak. 
7-rasm. Dorixona omborxonasi 
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo qiluvchi tashkilotilarning omborxona 
binolari sanitariya qoidalari, me'yorlari, yong‘in xavfsizligi qoidalari xamda dori 
vositalarining va tibbiy buyumlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va 
toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy 
buyumlarning to‘g‘ri saqlanishini ta'minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. 
Omborxona alohida qurilgan yoki noturar joyga aylantirilgan turar joy binolarining 
xonalarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda omborxona boshqa xonalardan 
ajratilgan, alohida kirish yo‘li va tovarlarni qabul qilish uchun alohida maydoniga 


ega bo‘lishi kerak. Agar omborxona turar joy binolarining noturar joyga 
aylantirilgan xonalarida joylashgan hollarda, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni 
yuklash va tushirish, turar joy binosi derazalari tagida amalga oshirilmasligi kerak. 
Omborxonada elektr ta'minoti, issiqlik va suv ta'minoti, kanalizasiya tizimi hamda 
havo almashtirish uskunasi bo‘lishi kerak. Dorixona omborlarida boshqa soha 
omborlaridan farqli ravishda, asosan oliy farmatsevtik va faqat yo‘nalishdagi o‘rta 
mahsus ma'lumotli malakali xodimlar ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori 
xodimlari soni ular bajaradigan ish hajmiga (savdo hajmi) asosan belgilanadi. 
Xududiy qurilma va farmatsevtika ombori binosi 

Download 377 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling