Suvni yuqori kuchlanishli tok bilan zararsizlantirish. Yuqori kuchlanishli tok kuchini
Suvni yuqori kuchlanishli tok bilan zararsizlantirish. Yuqori kuchlanishli tok kuchini
qollash bilan suv tarkibidagi mikroblar har xil qoldiqlar miqdoriga qaramasdan, qisqa muddatda
zararsizlantiriladi. Bunda suvning organoleptik xususiyatlari ozgarmaydi, lekin bu usulni qollash
uchun maxsus yuqori kuchlanishli tok beruvchi generator hamda elektroenergiya bolishi kera
Suvni gamma nurlar ta‟sirida zararsizlantirish. Bunda suvning organoleptik
Suvni gamma nurlar ta‟sirida zararsizlantirish. Bunda suvning organoleptik
xususiyatlari ozgarmaydi. Lekin bu usulda suvni zararsizlantirish hozirgi kunda keng
qollanilmaydi
Suvni tozalash
Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi. Tozalash inshootlarida tindirish va tiniklashtirishda suv tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda) zarralar suv tagiga chukadi, suvga maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv shagʻal, qum qavati, baʼzan esa gʻovak sopol filtrdan oʻtkaziladi. Tiniq suvni zararsizlantirish (turli mikroorganizm va viruslarni oʻldirish) uchun unga suyuq yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar — NaCIO, Sa(SYU)2 va xlor qoʻsh oksid S1O2, xlorli ohak qoʻshiladi, tindirilgan suv va yer osti suvlarini zararsizlantirish maqsadida, shuningdek, ozon va ultrabinafsha nurlar ham qoʻllanadi. Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli lampalardan foydalaniladi. Agar suv qattiq (tarkibida kalsiy va magniy tuzlari umumiy miqdori meʼyordagidan yuqori) boʻlsa, yumshatiladi (qarang Suvni yumshatish). Yer osti suvlari koʻpincha aeratsiya usulida temirsizlantiriladi (havo kislorodi bilan boyitiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |