1-amaliy mashg`ulot. Neft, gaz va gazkondensatlari hossalarini o‘rganishga doir misol va masalalar


Download 345.5 Kb.
bet1/5
Sana29.10.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1733359
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot


1-amaliy mashg`ulot. Neft, gaz va gazkondensatlari hossalarini o‘rganishga doir misol va masalalar.

Neft va gazning asosiy tarkibiy qismi karbonsuvchillardan tashkil topgan ekanligi hakida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik, karbonsuvchillar qatlamda joylashishi har doim ham bir xil bо‘lavermaydi. Masalan qatlam bosimi juda katta bо‘lsa gaz holatidagi karbonsuvchillar suyuq holatdagi karbonsuvchillar tarkibida tо‘liq erigan holda uchrashi mumkin.


Karbonsuvchillarni qatlamda joylashishiga qarab tо‘zilgan tasniflar juda kо‘p bо‘lib, karbonsuvchillarni qatlamda qanday holatda joylashganligiga qarab berilgan tasnif 1941 yilda I. O. Brod tomonidan e’lon qilingan. Shundan keyin to hozirgi vaqtgacha kо‘plab olimlar karbonsuvchil konlarining har turdagi tasnifini ishlab chikdilar. ana shunday tasniflardan keng tarqalgani V. N. Samarsevning karbonsuvchil uyumi tasnifidir. Unga kо‘ra karbonsuvchil uyumlarini gaz va suyuqlik holatidagi egallagan hajmlar nisbati bilan tasniflangani eng makbо‘l deb topilgan. Bu tasnif bо‘yicha hajmlar nisbati
Vo = V/ (Vr + VH) (2.1)
ifoda orqali aniqlanib,
Bu yerda: Vr – Gaz holatdagi karbonsuvchillar egallagan hajm;
VH – Suyuq holatdagi karbonsuvchillar egallagan hajm;
V.N.Samarsev bо‘yicha karbonsuvchillar konlarining tasnifi qо‘yidagicha:
1) Sof gaz konlari.Bunday konlarning qatlamlarida faqat gaz holatidagi karbonsuvchillar tо‘planadi. (2-rasm), ya’ni V0=1,0.
2) Neft hoshiyali gaz konlari.Bunday konlarda sof gaz holatidagi karbonsuvchillar umumiy hajmining ¾ qismidan kо‘prog‘ini tashkil qiladi, ya’ni 1›V0›0,75 bо‘ladi. (3-rasm).
3) Neftli gaz konlari. Bunday konlarda gaz holatidagi karbonsuvchillar kо‘proq va suyuq holatidagilari kamrok hajmni egallaydi, ya’ni 0,75›V0›0,5 bо‘ladi. (4-rasm).
4) Gazli neft konlari. Bunday konlarda gaz holatidagi karbonsuvchillar suyuq holatdagi karbonsuvchillarga nisbatan kamroq hajmni egallaydi, ya’ni 0,5›V0›0,25 bо‘ladi. (5-rasm).
5) Gaz dо‘ppili neft konlari.Bunday konlarda sof gaz holatidagi karbonsuvchillar umumiy kon hajmining ¼ qismidan kamrog‘ini tashkil etadi, ya’ni V0‹0,25 bо‘ladi. (6-rasm).
6) Sof neft konlari. Bunday konlarda erkin holda gaz holatidagi karbonsuvchillar uchramaydi. (7-rasm).
7) Neftgazkondensat konlari.Bunday konlarda karbon-suvchillarning uch turi; neft, gaz va konlensat har xil miqdordagi nisbatlarda uchrashi mumkin. (8-rasm).
8) Gazokondensatli konlar. Bunday konlar gaz konlarining bir turi bо‘lib, unda gazsimon karbonsuvchillar tarkibida erigan holdagi suyuq karbonsuvchillar, ya’ni kondensat bо‘ladi. (9-rasm).

2-rasm 3-rasm 4-rasm

5-rasm 6-rasm 7-rasm

8-rasm 9-rasm
Har qanday tabiiy boylikni shu jumladan Neft va gazmanbaalarini ham aniq bilish, chamalash va qanday geometrik shaklda joylashganligini о‘rganish muhim ahamiyatga ega bо‘lgan vazifadir. Zahiralarni aniq hisoblash konda olib borilgan izlash natijalari asosida tayyorlanadi. Buning uchun burg‘ilangan quduqlardan olingan tog‘ jinsi namunalari, qatlam sharoitida olingan Neft va gaznamunalari, geofizik karotaj diagrammalarini о‘rganish asosida konning chegaralari, uyumning qanday joylashganligini aniqlab, shundan sо‘ng zahiralar hisoblanadi.
Zahiralar hisoblanganda balans (geologik) va olinishi mumkin bо‘lgan zahiralar alohida qayd etiladi.
Zahiralarni hisoblash davlat ahamiyatiga molik bо‘lgani uchun faqat zahiralarni aniqlash va hisoblash uchun tо‘zilgan, zahiralarni hisoblovchi maxsus tashkilotlar bu ishni olib boradi. Aniqlangan va hisoblangan zahiralarqiyinchalik maxsus taftishdan о‘tgandan sо‘ng “Davlat zahiralar komissiyasi” tomonidan tasdiqlanadi.
Zahiralar qanchalik о‘rganilganiga qarabqо‘yidagi toifalarga bо‘linadi:

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling