1-amaliy mashg`ulot. Neft, gaz va gazkondensatlari hossalarini o‘rganishga doir misol va masalalar


Download 345.5 Kb.
bet2/5
Sana29.10.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1733359
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

A toifali zahiralar. Uyum barcha loyihalash hujjatlari bо‘yicha tо‘liq burg‘ilab bо‘lingan, kon ishlash jarayonida bо‘lib, tо‘liq о‘rganilgan.
V toifali zahiralar.Uyum texnologik tarx asosida burg‘ilab bо‘lingan, kon ishlash darajada bо‘lib, yetarli darajada о‘rganilgan.
S1 toifali zahiralar. Qidirish ishlari bо‘yicha tasdiqlangan zahira. Uning Neft va gazliligi qidiruvchi quduqlar orqali aniqlangan bо‘lib, uyumning chegaralari yetarli darajada aniqlangan. Uyumga tegishli ma’lumotlar texnologik tarx tо‘zish uchun yetarli.
S2 toifali zahiralar.Oraliqva yuqorida yotuvchi qatlamlar bо‘lib, qidiruvchi quduqlar orqali aniqlangan lekin hali sinalmagan uyumlar. Bunday uyumlar qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlarda ham bо‘lishi mumkin. Umumiy holda burg‘ilangan quduqlarning geologik va geofizik tahlili asosida aniqlanagan bо‘lib, texnologik tarx tо‘zish uchun olingan ma’lumotlar yetarli emas.
S3 toifali zahiralar. Qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlardagi ochilishi taxmin qilinayotgan, Yaqin atrofdagi boshqa konlarda aniqlangan uyumlar. Asosiy ma’lumotlar Yaqin atrofdagi huddi shu qatlamda ochilgan uyumlarning ma’lumotlarga asoslanib olinadi.
Sanab о‘tilgan besh xil toifadagi zahiralarning А, В va С1 toifadagilari qidiruv ishlari tugallangan konlarga tegishli bо‘lsa, С2 toifadagisi dastlabki tayyorlangan uyumdagi zahiralarga vaС3 toifadagisi esa istikbolli uyumlardagi zahiralarga taalluklidir.
Bulardan tashqari bashorat toifasidagi manbalar ham tavsiflangan. Ular ikki toifali bо‘lib, qо‘yidagilardan iborat:
D1 toifadagi manbaalar.О‘lkaviy tо‘zilmalarning litologik-stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar. Bunday uyumlar juda katta о‘lkaviy tо‘zilmalarida о‘z tasdig‘ini topgan bо‘ladi va manbaalarning miqdoriy bahosi geologik, geoqimyoviy va geofizik tahlillarga asoslangan bо‘ladi.

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling