1-amaliy mashg`ulot. Neft, gaz va gazkondensatlari hossalarini o‘rganishga doir misol va masalalar


Download 345.5 Kb.
bet3/5
Sana29.10.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1733359
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

D2 toifadagi manbaalar. О‘lkaviy tо‘zilmalarning litologik-stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar bо‘lib, juda katta о‘lkaviy tо‘zilmalarda hali о‘z tasdig‘ini topmagan bо‘ladi. Bunday manbaalarning miqdoriy bahosi boshqa shu kabi konlarning ma’lumotlariga qarab taxminiy asoslanadi.
Neft va gazkonlari aniqlangan zahiralarining miqdoriga qarab qо‘yidagi tasnifga ega:
- noyob konlar,Neft zahirasi 300 mln. tonnadan yuqori va gaz zahirasi 500 mlrd.m3 dan yuqori.
- juda katta konlar,Neft zahirasi 100 dan 300 mln. tonnagacha va gaz zahirasi 300 dan 500 mlrd.m3 gacha.
- katta konlar, Neft zahirasi 30 dan 100 mln. tonnagacha va gaz zahirasi 30 dan 300 mlrd.m3 gacha.
- о‘rtacha konlar, Neft zahirasi 3 dan 30 mln. tonnagacha va gaz zahirasi 10 dan 30 mlrd.m3 gacha.
- mayda konlar, Neft zahirasi 3 mln. tonnadan kichik va gaz zahirasi 10 mlrd.m3 dan kichik.
Neft, gaz, kondensatlar va ularning xossalari
Neft, gaz va kondensatlar uglevodorod aralashmalaridan iborat bо‘lib, tarkibi asosan uglerod va vodorod birikmalaridan tarkib topgan.
Tabiiy sharoitda uglevodorodlar о‘zining fizik holati bо‘yicha СН4dan С4Н10 gacha gazlar, С5Н12 dan С16Н34gacha suyuqliklar, С17Н36 dan С56Н174 gacha qattiq jinslardan iboratdir. Qattiq holatdagi uglevodorodlar jinslarini parafin, serezin kabi moddalar tashkil qiladi.
Uglevodorod – gazlar asosan metandan tashkil topgan (80-95%), qolgani metan gomologlaridan ozrok miqdorda etan, propan, butan va ayrim (kamdan-kam) hollarda pentan. Metan – rangsiz, hidsiz va havodan yengil gaz.
Tabiiy gazlar– uglevodorodlar va uglevodorod bо‘lmagan birikmalardan tashkil topgan aralashmadir. Ular qatlamda gaz holatda, neftga yoki suvga erigan holatda uchraydi.
Tabiiy yonuvchi gazlar uglevodorod komponentlaridan tashqari uglyokisliy gaz, azot, oltingurgurt va kisloroddan tarkib topgan. Gazlar tarkibidagi metan va og‘ir uglevodorodlarga qarab quruq (kashshok) va moyli (boy)larga bо‘linadilar. Agar gazlar tarkibida metan kо‘p bо‘lsa quruq va aksincha kam bо‘lsa moyli deyiladi.
Gaz konlaridan olinadigan gazlarning umumiy kо‘rinishi СнН2н+2ifodasi orqali aniqlanib metan gomologalardan tashkil topgan. Tarkibida uglevodorodlardan tashqari nouglevodorodlar – azot (N2), uglerod (IV) oksidi (СО2), vodorod sulьfid (Н2С), shuningdek inert gazlar argon (Ar), geliy (He), kripton (Kr), ksyenon (Xe) va merkaptanlar bо‘lishi mumkin. Merkaptanlarni ba’zida tiospirtlar deyiladi. judaо‘tkir, о‘ziga xos hidi bilan ajralib turadi.
Kondensatlar – tabiiy holatda qatlamda suyuq bо‘lgan eng yengil uglevodorodlardir. Bо‘larga pentan, geksan va geptan kabi yengil uglevodorodlar kiradi. kondensatlar tabiiy gazokondensat konlarida gaz tarkibida erigan holatda uchraydi.
Kondensatning qanday holatda ekanligiga qarab bekaror va barqaror kondensatlarga bо‘linadi. Beqaror kondensat qatlamdagi yoki kondensatni ajratib oladigan asbob – uskunalargacha bо‘lgan harakatdagi gazlarda erigan kondensatlarga aytiladi. barqaror kondensatlar deb, mahsus kondensat ajratib oluvchi asbob – uskunalarda ajratib olinayotgan tayyor mahsulotga aytiladi.
Shuni ham aytish kerakki, qatlam ichida boshlangan gazokondensat harakati, to u kondensat ajratuvchi asbob – uskunalarga borguncha juda murakkab jarayonlardan о‘tadi. Bu jarayonlar erigan holdagi kondensat, boshlang‘ich termodinamik holatlarni о‘zgarishi natijasida gazdan ajralib chiqib, qatlam g‘ovaklarida chо‘kib qoladi, ayniqsa bunday ajralishlar quduq atrofida kо‘plab yuz berishi mumkin. Natijada bu ajralishlar chо‘kib qolishlar kondensatni ma’lum bir miqdorini qatlam ichida qolib ketishiga olib keladi.
Neftlar- tо‘q jigarrang, aksariyat qora rangli, ayrim hollarda salkam rangsiz, qovushqoq suyuqlik, yog‘simon modda bо‘lib, har xil uglevodorod birikmalaridan tashkil topgan. Tabiatda neft suyuq holatdan quyuq, qatronsimon holgacha uchraydi.
Neftning eng muhim xossalaridan biri uning zichligi bо‘lib, bu xususiyat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar: smola, asfalten va unda erigan gazlar miqdoriga bog‘liq bо‘lgan holda 0,75 dan 0,99 gacha о‘zgaradi. Agar neft asosan yengil fraksiyalardan tashkil topgan bо‘lsa, bu uning afzalligidir. Misol uchun: Surxondaryo neftgaz viloyatinig aksariyat neftlari yuqori qovushqoq bо‘lganligi uchun ularning zichligi ham katta (masalan: Lyalmikor, Mirshodi, Amudaryo, Kokayti Xaudag va boshqa konlar). Buxoro-Xiva neftgazli viloyatining neftlari tarkibida yengil fraksiyali komponentlari juda kо‘p (masalan: G‘arbiy Yulduzkok, Janubiy-G‘arbiy Yulduzqoq, Qaraulbozor-Saritosh, SHо‘rchi, Akdjar, Karim, SHо‘rtepa, Saricha va boshqalar).
Neftning qovushqoqligi - xususiyati muhim xossalarida iborat bо‘lib, uning qatlamlar orasidagi harakat vaqtida, hamda neftni chiqarish jarayonida u muhim ahamiyatga egadir.
Neftning yopishqoqligi -bu xususiyat harakat vaqtida undagi zarrachalarning boshqa joyga kо‘chishida bir-biriga qarshilik kо‘rsatishidir. Bizga ma’lumki ayniqsa Surxondaryo neftgaz viloyatining neftlarini chiqarib olish ancha qiyin va mashaqqatli ishdir.
Neftning sirt tarangligi deb, qaysiki suyuqlik о‘zining sirtining о‘zgarishiga qarshilik kо‘rsatadigan kuchga aytiladi.
Neftning optik faolligi -bu neft va neft mahsulotlarining yorug‘lik nurlarini polyarizatsiya yassiligining aylanishidagi qobiliyatidir. Ilgari aytib о‘tganimizdek faqatorganik qoldiqlardan hosil bо‘lgan moddalar optik faollikga ega, neftning bu xususiyati uning organik moddadan hosil bо‘lgan degan nazariyaga yana bir qо‘shimcha isbot keltiradi. Biroq keyingi yillardagi tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, organik bо‘lmagan birikmalar ham optik faollikga ega bо‘lishi mumkin ekan.
Neftning yana bir muhim xususiyatlardan biri, uning lyuminisensiya qobiliyatidir, ayniqsa undagi smola, asfalten va boshqa lyuminerlardan tashkil topishi.
Yengil neftlar havorang va kо‘kish lyuminisensiya, shuningdek og‘irlari - sariq, qung‘irsimon-sariq va qoramtirdir. Neftning bu xususiyatini bilish amaliyotda kernani tekshirishda juda katta ahamiyatga egadir (kernada neftlarning izlari qoladi).
Neftlar kimyoviy nuqtai nazardan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan tashkil topgan bо‘lib, ular tarkibida kislorod, oltingurgurt va azot birikmalari ham uchraydi.
Neftning asosiy elementlaridan uglerod - 83-87%, vodorod - 12-14%, kislorod, oltingurgurt va azot - 1-2% ni va ayrim hollarda undan ortiqroq ham uchraydi.
Uglerodni vodorodga nisbati neft uchun 5,8 dan 8 gacha о‘zgarib tursa, kо‘mirli qatordagi kaustobiolitlar uchun bu kо‘rsatkich 38 gacha. Shuning uchun S/N nisbati yonuvchi qazilmalarni neftli yoki kо‘mirli qatorga о‘tkazishda nihoyatda о‘ziga xos kо‘rsatkichdir.
Neftlarning asosiy qismi 3 xil uglevodorodlardan iborat: ular metanli (parafinli yoki tuyingan uglevodorodlar, yo bо‘lmasa alkanlar), naftenli (tuyinmagan uglevodorodlar yoki siklanlar) va aromatik yoki benzolli (о‘ta tuyinmagan uglevodorodlar yoki arenlar) deb ataladi.
Neft tarkibidagi uglevodorodlar u yoki bu guruh kо‘pligiga qarab metanli, naftenli va aromatlilarga bо‘linadilar. Bundan tashqari neftlar oraliq turlarga metanli-naftenli, metan-aromatli, naften-aromatli va boshqalarga bо‘linadilar.

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling