3 м у н д а р и ж а саҳифа бети


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1230295
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Хожаниязов Атабек Адсорбция




М У Н Д А Р И Ж А 
 
Саҳифа бети 
1. КИРИШ ________________________________________________________ 
2. ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁН ТАВСИФИ __________________________ 
3. ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁННИНГ АСОСИЙ
ҚУРИЛМАСИ ТАВСИФИ_________________________________________ 
4. АСОСИЙ ҚУРИЛМАНИНГ ТЕХНОЛОГИК ҲИСОБИ ________________ 
5. ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР _______________________________ 
 
 



 
 
 
KIRISH 



Kirish 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning joriy yil 7 fevraldagi 
farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini 
amalga oshirish, Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida 
muayyan ishlar amalga oshirilayapti. 
Mazkur Dasturda investitsiya va tarmoqlarni modernizatsiyalash dasturi 
asosida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblangan transport infratuzilmasi, neft 
va gaz, energetika, kimyo, tog‘-kon metallurgiya, mashinasozlik, qurilish 
materiallari sanoatlari va boshqa tarmoqlarda 885 ta investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish kо‘zda tutilgan. 2017 yil davomida 690 ta investitsiya loyihalari 
amalga oshirilib, 303 ta loyihani amalga oshirish bо‘yicha ishlar muvaffaqiyatli 
yakunlandi. Unga kо‘ra, 22 ta yirik ishlab chiqarish obyektlari, qurilish 
materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarida 480 dan ziyod 
kichik korxonalar tashkil etildi. 
Mamlakatimiz yoqilg‘i bazasida gazsimon yoqilg‘i kattagina o‘rin egallaydi. 
Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki avtomobil transportida ham yildan-
yilga ortib bormoqda. Gazsimon yoqilg‘i boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan qator 
afzalliklarga ega: keng tarqalgan, arzon, uning katta zapaslari mavjud, u havo bilan 
osongina aralashadi (taqsimlanadi) va rostlanadi. Gaz yoqilg‘ilarni issiqlik berishi 
yuqori. Ular yonganida yuqori temperatura hosil qiladi, ortiqcha havo koeffitsienti 
kichik bo‘lganda ham to‘la yonadi, tarkibida korroziyalovchi agressiv moddalar 
yo‘q. Gazsimon yoqilg‘idan foydalanish juda qulay: xonalar ifloslanmaydi,chunki 
u yonganda qorakuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo‘lmaydi, yonish 
mahsullari tarkibida tirik tabiat uchun zaxarli moddalar yo‘q. Gazsimon yoqilg‘i 
markazlashtirilgan usulda saqlanadi, bu esa foydalanish uchun qulay, individual 
omborxona, maxsus omborlar talab etilmaydi. Gaz magistrallaridan foydalanish, 
ayniqsa, qattiq va suyuq yoqilg‘i zapaslari bo‘lmagan tumanlar uchun juda muhim. 



Gazsimon 
yoqilg‘ilarning 
asosiy 
kamchiliklari, 
ularning 
portlovchanligidadir. Agar havfsizlik texnikasi hamda yong‘inga qarshi havfsizlik 
qoidalariga rioya qilinsa, shuningdek tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz 
ustanovkalaridan ishonchli va havfsiz foydalanish mumkin. 
Eng yuqori kaloriyali gazlar (yonganida 20000 kJ/m
3
yoki 5000 kkal/m
3
issiqlik chiqaradigan)ga tabiiy gazlar, neft gazlari, yo‘ldosh gazlar, shuningdek 
neftni qayta ishlashda olinadigan turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi. 
Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tarixga ega. 
XVIII asr oxirlarida Moylisoy xududida neftning er yuziga kalkib chikkan 
joylari ma’lum buldi. Umuman 1870-1872 yillarda Fargona vodiysida 200 ga 
yakin neft manbalari ma’lum edi. 
1880-1883 yillarda Fargona vodiysidagi Kamish Boshi tumani Lakkon 
kishlogida turtta kidiruv kuduklari burgilangan bulib, bu kuduklarning chukurligi 
36,2 m (17 sajen) va diametri 219 mm (8 dyuym) edi. 
1880 yilda SHursuv maydonida burgilangan birinchi kidiruv kudugidan 
sutkasiga 160 kilogramdan neft olina boshlandi. 
XX-asrning boshlarida esa rus muxandisi Tixvinskiy kuduklarni gazlift 
usulida ishlatish usulini yaratdi. 
Surxondaryo voxasida kidiruv ishlari 1933 yilda boshlanib Xaudag, Kukayti, 
Lalmikor, Uchkizil, keyingi yillarda Amudaryo, kushtor, Mirshodi konlari ochildi. 
Konlardagi kuduklarning chukurligi va undagi bosimning ortishi bilan bir 
katorda, kuduklarni jixozlash uchun yangi maxsus favvora armaturasi turi ishlab 
chikildi.
Garbiy Uzbekistonda kidiruv-izlash ishlari 1949 yilda boshlanib. Setalantepa, 
Toshkuduk, Jarkok, Saritosh, Korovulbozor kabi bir kator konlar ochildi. Undan 
keyingi yillarda SHurtan, SHimoliy va garbiy Sho’rtan, Zevarda, Pomuk, Alan gaz 
konlari, SHimoliy Urtabulok, Kuruk, Umid, Kukdumalok kabi neft konlari ochildi. 
Xozirgi kunda bu konlar respublikada kazib olinadigan neftning 80 dan 
kuprogini tashkil kiladi. 



Garbiy Uzbekiston va Ustyurt platosida ochilgan Gazli, SHaxpaxta, Uchkir, 
Urga va shu kabi bir kator konlarning xam salmogini aloxida ta’kidlash lozim. 
Mustakillikka erishilgandan beri respublikamizda neft va gaz sanoati 
rivojlanishiga aloxida e’tibor berilib, yokilgi ta’minoti mustakilligiga erishildi. 
YA’ni oxirgi yillarda chetdan na neft va na gaz import kilinmaydi. 
Xozirgi kunda neft va gaz konlarini kidirish va izlash, kuduklarni burgilash, 
konlarni ishlatish, neft, gaz va neft maxsulotlarini yigish va kuvurlar orkali 
uzatish, neft va gazni kayta ishlash, er osti gaz omborlari va sanoatimizdagi 
kurilish ishlari bilan shugullanadigan yirik birlashma va boshkarmalarning ishi 
“Uzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan boshkariladi. 



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling