Sanoat tarmoqlari texnologiyalari fanidan tayyorlagan Prezentatsiyasi Neft va Gaz Sanoati


Download 1.24 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1149601
Bog'liq
Mamadaliyav Mashxurbek - Neft va gaz sanoati

Farg’ona Politexnika Instituti ICHBF 62A-22 guruh talabasi Mamadaliyev Mashxurbekning

Sanoat tarmoqlari texnologiyalari fanidan tayyorlagan Prezentatsiyasi

Neft va Gaz Sanoati

Reja:

1.Neft va gaz sanoati haqida umumiy ma’lumot

2.Neft va gaz sanoatining qayerlarda uchrashi va tarix 3.O’zbekistonda Neft va gaz sanoati

4.Neft va gaz sanoatida transformatsiya yo’li bilan bozor munosaabatlariga o’tish


Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-NC

Neft va gaz sanoati haqida umumiy ma’lumot

  • Neft (turkchaneftforscha: نفت - naft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan
  • Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
  • Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.

.

  • Neftli qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. Neftli qatlamlar maydoni 1000 km², qalinligi 100 m gacha yetib, bir konda bir necha Neftli katlam mavjud boʻlishi mumkin.
  • Baʼzi olimlar Neft ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu haqda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. 

Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-NC-ND

Neft va gazning kelib chiqish tarixi

  • Neft juda qadimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharqda joylashgan qadimiy davlatlarda aholi Neft va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida milloddan 4—6 ming yil avval, ikki daryo oraligʻida joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qadimgi Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neftdan ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat Neft bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mashhur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "yer moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Qadimda sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. 

O’zbekistonda neftning tarixi

  • Neft va gaz sanoati insoniyatga juda qadimdan ma’lum bo’lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xo’jaligida iste’mol qilish o’rni ham ularga bo’lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan.
  • O’zbekistonda qadim zamonlardanoq neftdan foydalanib kelingan.Neftning o’ziga xos o’tkir hidi tufayli qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan.Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar o’tkazgan.Xorazm geografi Bakrom(XIII asrda) Bakudagi neftni haydash texnologiyasi haqida birinchi bo’lib eslatib o’tgan.Shuning uchun ham neft va uni qayta ishlash O’zbekistonda eng qadimiy tarmoqlardan biri biridir.

.

  • Oʻzbekistonda Neft chiqarish 1876-yildan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha Neft chiqarilgan.
  • 1906-yilda Farg’ona viloyatida davriy ishlaydigan bitta ikki kubli neftni qayta ishlash zavodi qurildi.Neft ot arava transportida yetkazildi va unin sifati termometr va gidrometrda aniqlandi.
  • Asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari yoritish kerosini va isitish mazuti edi.Keyin zavod tashqarisidagi kovaklardagi benzin yoqib yuborilgan, u faqat 1915-1916 yillarda O’rta Osiyoda ichki yonish dvigatelli mashinalar paydo bo’lganda ishlatilganligi aniqlangan.

Transformatsiya yo’li bilan bozor munosabatlariga o’tish

  • 2030-yilga qadar O’zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi 66,1 milliard kub metrni tashkil etishi rejalashtirilgan.O’z navbatida iste’mol 56,5 milliard kub metrga yetadi. Bu ichki iste’molchilar talabini qondirish va tabiiy gazni xom ashyo sifatida chuqur qayta ishlash ustuvorligiga o’tishni anglatadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun O’zbekiton Respbulikasi Energetika Vazirligi tomonidan tabiiy gazni chuqur qayta ishlash hamda uning samaradorligini oshirish va bozor munosabatlariga o’tkazish maqsadida tarmoqni isloh qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo’yicha keng ko’lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling