Injener geologik tadqiqotlash
Download 0.69 Mb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint
INJENER - GEOLOGIK TADQIQOTLASHREJAMuhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifalari va usullari.Gruntlarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlari. Gruntni qurilish materiali sifatida bahosi.Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining turlari va usullari.Bino va inshootlarni loyihalashda har bir rayonning tabiiy xususiyatlarini hisobga olish lozimdir. Muhandislik - geologik qidiruv ishlari qurilish maydonini muhandislik - geologik nuqtai - nazardan asoslash uchun olib boriladi. Faqatgina muhandislik - geologik sharoitlarni puxta hisobga olishgina, loyihalanayotgan binoning joylanishi, uning o’lchamlari, poydevor konstruktsiyalari va boshqa elementlarini, qurilayotgan inshootga turli geodinamik jarayonlarning salbiy ta’sirini, qurilish muddati va xarajatlarni oshib ketishini baholash va isbotlashga imkon beradi. Qurilish uchastkalarida muhandislik - qidiruv ishlarini olib borish uchun dastavval loyiha tuzish lozim. Loyiha dasturida muhandislik - geologik qidiruv ishlarida ko’zda tutilayotgan asosiy maqsad geologik, geomorfologik, gidrogeologik sharoitlarni, tabiiy geologik, muhandislik-geologik jarayonlarni, tog’ jinslarini xossalarini o’rganishdan iborat. Muhandislik - geologik qidiruv ishlari natijasi tahlili asosida qurilish uchun muhandislik - geologik nuqtai - nazardan maydon, (trassa, uchastka) tanlanadi. Muhandislik - geologik qidiruv ishlari majmuasiga qurilish maydonining muhandislik - geologik sharoitiga ta’sir etuvchi ko’plab tabiiy omillar kiradi: fizikaviy – geografik xususiyati, rel’ef shakli, ularni hosil bo’lish omillari, Yer yuzasining mutloq balandligi, yuzali suv havzalari ( ko’l, suv ombori). Geologik tuzilishlar - hosil bo’lish sharoiti, tarkibi, tog’ jinslari (gruntlar) yotish sharoiti, ularni darzbardoshligi, tektonika xususiyatlari, geodinamik hodisalar, ularni hosil bo’lish sabablari, omillarni inshoot turg’unligiga ta’siri. Gidrogeologik sharoitlar – grunt suvlarini joylashish chuqurligi, ularni rejimi, minerallashganlik darajasi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling