Farmatsevtika sohasida qo'llaniladigan suvni tayyorlash bosqichlari va toza suvni saqlanish tartibi. Davlat standarti
Download 87 Kb.
|
Shodiya 11-mavzu
Suvni kremniysizlantirish (metasilikat kislota H2SiO3 va uning tuzlari miqdorini kamaytirish) uchun ohak, natriy alyuminat NaAlO2, baʼzan kuydirilgan dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi boshqa erigan tuzlarni ketkazish uchun u chuchuklashtiriladi (qarang Suvni chuchukpashtirish) yoki ionitlardz. tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vodorod sulfid, metan, radon, karbonat angidrid va boshqa erigan gazlarni ketkazish uchun suv degazatsiyalanadi (qarang Degazatsiya). Suv tarkibidagi ortikcha ftorni kamaytirish uchun suv faollashtirilgan alyuminiy oksid orqali suzib oʻtkaziladi. Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u dezaktivatsiyalanadi (qarang Dezaktivatsiya). Agar suvda noxush hid boʻlsa, faollashgan kumir, ozon, kaliy permanganat yoki xlor koʻsh oksid bilan ishlanadi (qarang Sorbsiya). Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylardan chiqadigan iflos suvlar) va yogʻin suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda choʻktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsizlantiriladi (qarang Biologik suzgich, Suvni zararsizlantirish), korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida tozalanadi. Suvni tozalashning fizikkimyoviy, termik va boshqa usullari ham bor.Tabiiy suvlarni sanoatda qoʻllanadigan usullar yordamida mikroorganizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yoʻq. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan maʼlum meʼyordan koʻp boʻlmasligi talab etiladi. Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg/l gacha, vodorod koʻrsatkichi — rayon 6,0 dan 9,0 gacha boʻlishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganets ionlarining miqdori tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. St. xalqxoʻjaligida va aholi sogʻligʻini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi.Tabiiy suvlarni sanoatda qoʻllanadigan usullar yordamida mikroorganizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yoʻq. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan maʼlum meʼyordan koʻp boʻlmasligi talab etiladi. Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg/l gacha, vodorod koʻrsatkichi — rayon 6,0 dan 9,0 gacha boʻlishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganets ionlarining miqdori tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. St. xalqxoʻjaligida va aholi sogʻligʻini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi. Oʻzbekiston shahar va tumanlarida suv taʼminoti markazlashtirilgan. Aholiga beriladigan ichimlik suvi yuqorida aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya koʻrigidan oʻtkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman sanitariyaepidemiya st-yalari (SES) shugʻullanadi. Yirik sanoat va maishiy korxonalarning oqova suvlari mahalliy tozalash inshootlarida tozalab chiqariladi (yana qarang [[Suv taʼminoti). Xulosa Xulosa qilib aytganda, farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan suv tayyorlash jarayoni ko'p bosqichli va kutilayotgan standartlarni qondiradi. Bu bosqichlar suv jalb etish, avvalgi qo'llab-quvvatlash, asosiy qo'llab-quvvatlash, ikkinchi qo'llab-quvvatlash va oxirgi qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Har bir bosqich farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan suvning talab qilinadigan sifat standartlarini qarshilashda ahamiyatli rol o'ynaydi. Qayta ishlangan suvni saqlash tartibi ham shu qadar muhimdir va suvning sifatini saqlab qolish uchun qo'llaniladigan ma'lumotlar bor. Davlat standartlari, farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan suvning xavfsiz va samarali bo'lishini ta'minlash uchun kerakli qoidalarni aniqlashda yordam beradi. Bu standartlarga va usullarga rioya qilish orqali, farmatsevtika kompaniyalari regulativ talablarni qondirish, jamoa salovati va xavfsizligini ta'minlashga mo'ljallangan xavfsiz va yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishadi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling