Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti fan: Umumiy gigiyena mavzu: Kimyo-farmatsevtika korxonalarida toza xonalarga, ishchi-xodimlarga va ularning kiyimlariga qo'yiladigan gigiyenik talablar
Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari
Download 429.5 Kb.
|
Shodiya 6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llarni yuvish
Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari
Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab bo’yog’i, tirnoq bo’yog’i, rumyana va h.k.) mikroorganizmlarning ko’payishi uchun qulay muhitni yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat bezaklarida iflosliklar yig’ilib qoladigan joylar ko’p bo’ladi, shuning uchun toza xonaga kirishdan oldin ularni yechish talab etiladi. Quyidagi foydali qoidani unutmaslik kerak: toza xonaga ish uchun yoki xodimlar faoliyatini ta’minlash uchun kerak bo’lmagan buyumlarni olib kirmaslik. Qo’llarni yuvish Qo’llarni to’g’ri yuqish va ularga ishlov berish xodimlarni toza xonaga kirishga tayyorlashning muhim tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, odam ishlaganda qo’llari bilan turli yuzalarni ushlaydi. Qo’llarni har gal toza xonaga kirayotganda yuqish kerak. Qo’llarni yuvishning turli sxemalari mavjud: kiyim almashtirishdan oldin va/yoki toza xonaga kirishdan oldin. Aksariyat hollarda qo’llar kiyim almashtirishdan oldin yuviladi. Yuqori tozalik sinflariga mansub toza xonalar va steril ishlab chiqarishlar uchun bu qat’iy qoidadir. Aks holda toza kiyimga, ayniqsa uning yengiga namlik tushishi mumkin. Qo’llarni yuvish sxemasi: uzuk va boshqa bezaklarni yechish. Qo’lni sovunlashdan oldin xo’llash. Qo’l terisining butun yuzasini sovunlash (bakteritsid sovun). Tomchilar hosil qilmaydigan dozatorli suyuq sovundan foydalanish maqsadga muvofiq. Qattiq sovun nam iz qoldiradi va oqadi. Qo’l yuzasi uqalanib yuviladi, tirnoqlar, ular atrofidagi zonalarga, barmoqlar orasiga, uzuk ostida bo’lgan teri qismlariga alohida e’tibor beriladi. Plastmassadan ishlangan tuksiz cho’tkalardan foydalanish mumkin. Cho’tkalardan foydalanayotganda teriga zarar yetkazmaslik zarur. Qo’llar suv oqimi ostida kir va sovun ko’pigi to’liq yo’qolmaguncha chayiladi. Qo’llar fen bilan quritiladi yoki bir martalik vors ajratmaydigan sochiqlardan foydalaniladi. Alohida mas’uliyatli hollarda qo’llarni quritish uchun NERA filtrlardan foydalanish mumkin. Qo’llarni umumiy foydalanishdagi oddiy sochiqlar bilan artishga yo’l qo’yilmaydi. Sochiqlar o’ramidan foydalanilsa, qo’llarni faqat ularning hech kim tegmagan toza qismi bilan artiladi. Keyingi harakatlar (kiyim almashtirish, toza xonaga kirish) faqat quruq qo’llar bilan bajariladi. Steril ishlab chiqarish uchun qo’shimcha qoidalar mavjud: qo’llar bilakkacha yuviladi; qo’llarga dezinfektsiyalovchi vositalar bilan ishlov beriladi, ular qo’lga surtilgandan keyin 1,2-2 daqiqa ushlab turish kerak, bu vaqtda qo’l panjalari bilaklardan shunday yuqorida turishi kerakki, kritik yuzalarga (barmoqlarga) suyuqlik oqmasin. Qo’llar steril kiyimga tegib ketmasligi uchun kiyim almashtirish uchun maxsus qo’lqoplardan foydalanish mumkin. Kiyim almashtirilgandan keyin bu qo’lqoplar yechiladi va ishlash uchun steril qo’lqop kiyiladi yoki ishchi qo’lqoplar ularning ustidan kiyiladi. Har bir toza xonada qo’llarni yuvish bo’yicha yo’riqnoma bo’lishi kerak. Steril ishlab chiqarishda namlik to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun yumaloq tubli rakovinalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Download 429.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling