dori-darmonlar ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Tez fursatda kimyogar olimlar
kam uchraydigan materiallar o‘rnini bosuvchi va turli chiqindi materiallaridan
qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish usullarini topdilar. Dorixonalar
boshqarmasi korxonalarida turli xil sanoat chiqindilari, yarim tayyor mahsulotlar
va o‘simliklar xom ashyosidan bir qator dori vositalari va tibbiyot buyumlari
ishlab chiqargan. Dori-darmon ishlab chiqarish sohasidagi ishlar muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Urush yillari xarakatdagi harbiy qismlarga 392,7 tonna
narkoz uchun efir, 18,7 ming tonna gips, 166,7 ming tonna xo‘jalik sovuni, 46,6
ming sanitariya palatkalari, 9630 dezinfeksiya vositalari va boshqalar yetkazib
turildi. Ushbu tibbiy yordamga O‘zbekiston farmatsevt-olimlari ham o‘z
ulushlarini qo‘shishdi. Hususan, 1942 yilning boshida Toshkentda dezinfeksiya
vositalari ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi. So‘ngra galen farmatsevtik
laboratoriya asosida Toshkent kimyo-farmatsevtika zavodi tashkil etildi, unda
narkoz uchun efir, xlorid kalsiy, kofein-benzoat natriy, fitin, glyukoza poroshogi,
keyinchalik xolosas, astmatol, qora qand (barbaris) ekstrakti ishlab chiqraishyo‘lga qo‘yildi. Maxalliy sanoatda gips, shina, qo‘ltiqtayoq, sanitariya zambillari
ishlab chiqarildi.
O‘rta Osiy universitetining kimyo fakultetida urush davri tibbiyoti uchun
zarur bo‘lgan narkoz efiri, xlorli kalsiy, kofein, streptosid, sulfisin, nikotin
Do'stlaringiz bilan baham: |