Farmatsevtika talimining rivojlanishi.
1922 yil 1 avgustda Toshkent shahrida Turkiston ASSRning Sog‘liqni
saqlash halq komissariyati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil etildi.
1924 yil 27 oktyabr oyida O‘zbekiston SSR tashkil topdi, 1925 yilning
fevralida esa Sog‘liqni saqlash xalq komissariyati qoshida Dorixona boshqarmasi ochildi. Unga xo‘jalik hisobidagi 34 dorixona, markaziy dorixona omborxonasi,
nazorat-tahlil laboratoriya va galen-qadoqlash laboratoriyasi kirar edi.
Dorixonalar tizimi taraqqiy etishi natijasida 1938 yili Dorixona
boshqarmasi O‘zbekistonning Bosh dorixona boshqarmasiga aylantirildi.
Dori-darmon xizmatini aholiga yaqinlashtirish maqsadida, O‘zbekistonda,
qishloq tibbiyot muassasalari qoshida 1938 yildan boshlab dorixona punktlari
tashkil qilindi. 1940 yilga kelib dorixonalar soni 172 ga yetdi. 1940 yilning
oxirida O‘zbekistonda 172 dorixona, 398 dorixona punktlari, 20 dorixona
do‘konlari, 76 dorixona kiosklari, 5 omborxona, 6 nazorat-tahlil laboratoriyasi va
bitta galen-qadoqlash laboratoriyasi mavjud edi.
“1942 yilning oxirida O‘zbekistonda 113 ta evakuasiya gospitali
joylashgan edi.
Urushning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Dorixonalari bosh
boshqarmasi o‘z ishini xarbiy holatga moslashtirdi. Urushgacha O‘zbekistonda
kimyo-farmatsevtika sanoati bo‘lmagan edi. Zudlik bilan mahalliy resurslardan
Do'stlaringiz bilan baham: |