qilindi. Shu jumladan, Toshkentda 9 ta Markaziy tuman dorixonalari barpo etildi.
1987 yili Respublikamizda 1995 ho‘jalik hisobidagi dorixona, shu
jumladan 1333 qishloq joylarida va 6477 dorixona filiallari mavjud bo‘lgan.
1988 yil Respublikaning Bosh dorixona boshqarmasi “Farmasiya”
Respublika ishlab chiqarish birlashmasiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin, dorixona
korxonalarining ish faoliyati tubdan o‘zgara boshladi. Dorixona faoliyatini
tartibga soluvchi, O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtik
faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan, hukumat
tomonidan, dori-darmonlar muomalasini tartibga soluvchi va dorixona faoliyatini
bir tizimga keltiruvchi, bir qator farmonlar qabul qilindi.
1994 yil 11-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan, “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga qarashli
dorixonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xusussiylashtirish to‘g‘risida”gi
139-sonli qarori qabul qilindi.
Xususiylashtirishning boshida O‘zbekistonda 2552 davlat dorixonalari
faoliyat ko‘rsatgan. 1994 yilning oxirida, shular asosida, 352 kasalxona ichidagi
dorixonalar, 239 ochiq aksiyadorlik jamiyati, 290 jamoa dorixonalari va 1059
xususiy dorixonalar tashkil qilindi. 1995 yili O‘zbekistonda 2571 farmatsevt
Do'stlaringiz bilan baham: |