chiqindilaridan vitaminlar olish usullarini ishlab chiqdilar. Yengil sanoatni
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradigan o‘simliklar xom ashyosi
bo‘yicha ma'lumotlarni umumlashtirdilar.
“Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda dorixonalar tizimi tez sur'atlar
bilan rivojlana boshladi. Faqat 1959-1975 yillar mobaynida respublikamizda 888
ta yangi dorixonalar ochildi, ulardan 652 tasi qishloq joylarda edi.”
Yangi dorixonalar asosan namunali loyihalar asosida qurilib, 1971 yildan
1977 yilgacha Respublikamizda 140 namunali dorixona qurilib foydalanishga
topshirilgan, 130 dorixona yangitdan ta'mirlangan binolarga ko‘chirildi.
1981 yil boshlarida, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi dorixonalar Bosh
boshqarmasi tizimida 1500 dorixona (ulardan 1016 dorixona qishloq joylarda), 25
dorixona do‘konlari, 14 dorixona omborxonalari va 14 nazora-tahlil
laboratoriyalari mavjud bo‘lgan. Dorixona tarmoqlarini yanada rivojlantirish va dori-darmon yordamining
sifatini oshirishda, farmatsevt kadrlarni tayyorlab berish xal qiluvchi ahamiyatga
ega bo‘ldi. Chunonchi, 1958 yilda Respublika dorixona tizimida 1490 farmatsevt
faoliyat olib bordi. Ulardan 553 nafari oliy ma'lumotli farmatsevt edi.
1981 yilga kelib, O‘zbekistonda 3150 oliy ma'lumotli va 2970 o‘rta
ma'lumotli farmatsevtlar aholiga dori-darmon yordamini ko‘rsatganlar.
1984 yildan boshlab har bir tumanda markaziy tuman dolrixonasi tashkil
Do'stlaringiz bilan baham: |