Farmon, qaror va farmoyishning me’yoriy-huquqiy hujjat sifatida bir-biridan farqli jihatlari, darajasi haqida
Download 9.58 Kb.
|
Farmon
Farmon, qaror va farmoyishning me’yoriy-huquqiy hujjat sifatida bir-biridan farqli jihatlari, darajasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va barcha qonunlar asosida ularning ijrosini ta’minlash uchun farmon, qaror va farmoyish tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Prezident devoni reglamentining 30-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan hujjatlari normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi hamda farmon va qaror shaklida qabul qilinadi. Jamiyat hayotining alohida sohalarini isloh qilish yoki davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlat organlarini tashkil etish yoki tugatishga qaratilgan muhim hujjatlari farmon, boshqa hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. Normativ-huquqiy bo‘lmagan hujjatlar (kadr, fuqarolik, afv etish, siyosiy boshpana berish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda harbiy va maxsus unvonlarni berish, individual xarakterdagi masalalar va hokazo) ham Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari shaklida qabul qilinishi mumkin. Farmoyishda bevosita ijrochilarga ko‘rsatma beriladi. Farmoyishda operatsiyalar amalga oshirilgani haqidagi fakt ko‘rsatilmaydi va hisob-kitob yozuvlari uchun asos bo‘lmaydi. Qonun (huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, Qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida mujassamlashgan normalarning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosida qabul qilinadigan (organik) va oddiy Qonunlarga boʻlinadi. Oddiy Qonunlar, oʻz navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy Qonunlarga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Qonunlar, shuningdek, federal va federatsiya subʼyektlari Qonunlariga ajratiladi. Qonunlarning alohida toifasini favqulodda Qonunlar tashkil etadi. Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular Qonunchilik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining, butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi. Download 9.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling