Farmoni muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘G‘risida
Download 43.5 Kb.
|
Muzey farmonni uzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI MUZEYLAR FAOLIYATINI TUBDAN YAXSHILASH VA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish ularning xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo‘llashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. Respublikamizdagi Madaniyat ishlari vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarga tegishli barcha turdagi mavjud muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi qoshida Muzeylarni qo‘llab-quvvatlash respublika “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tashkil etilsin. Davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamda turli muassasalar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar jamg‘arma ham muassasalari bo‘lishi mumkinligi inobatga olinsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamg‘arma Nizomini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. Keyingi tahrirga qarang. 2. “O‘zbekmuzey” faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: muzeylarda o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi o‘rni, taraqqiyot bosqichlarini haqqoniy aks ettirish hamda zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur o‘rganib, milliy mustaqillik g‘oyalariga mos ekspozitsiyalar yaratish, muzeyshunoslikda umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash; mamlakatimiz fuqarolarini chet ellarda saqlanayotgan tariximizga oid osori-atiqalar bilan keng tanishtirish hamda muzeylarimizdagi noyob eksponatlar orqali xalq ongida umumbashariy qadriyatlarga, ulkan va boy milliy-madaniy merosimizga hurmat-ehtirom, Vatanimizning buyuk kelajagiga komil ishonch tuyg‘ularini tarbiyalash; muzeyshunoslik sohasida xalqaro aloqalarni, o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonda va xorijda keng ko‘rgazma faoliyati orqali mamlakatimizning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlarni jahon miqyosida targ‘ib etish; hududiy, idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muzey faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilish, ilmiy muassasalarni muzeyshunoslikni rivojlantirishda faol ishtirok etishga jalb qilish; muzeylar fondidagi eksponatlarning yagona ro‘yxatini yuritish, ularning muhofaza sharoitlarini doimiy, qat’iy nazoratga olish, bu sohada tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash; muzeyshunoslikka zamonaviy texnik vositalarni tatbiq etish, ulardan samarali foydalanishga oid dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish. Keyingi tahrirga qarang. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyasi, “Oltin meros” xalqaro hayriya jamg‘armasi hamda tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda: ikki oy muddatda mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini yanada yaxshilash va takomillashtirishning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin; bir oy muddatda mustaqil O‘zbekistonning tarixi va bugungi kunini targ‘ib-tashviq qilishdagi alohida ahamiyatini e’tiborga olib, O‘zbekiston Tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalq amaliy san’ati muzeyi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona davlat muzey-qo‘riqxonalarining rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqsin. Dasturni amalga oshirishni muvofiqlashtirish “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi zimmasiga yuklansin. Tegishli tashkilot, muassasalarning ushbu muzeylarga homiylik qilish haqidagi takliflari e’tiborga olinsin. Keyingi tahrirga qarang. 4. Adliya, Madaniyat ishlari vazirliklari Davlat bojxona qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va shu masalalar bilan bog‘lik bo‘lgan boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin. 5. Noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va boshqa masalalar bilan bog‘liq butun mas’uliyat Madaniyat ishlari vazirligi (X. Jo‘rayev), Fanlar akademiyasi. (T. Jo‘rayev), Ichki ishlar vazirligi (3. Almatov), Davlat Bojxona qo‘mitasi (U. Komilov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) zimmasiga yuklansin. Keyingi tahrirga qarang. 6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiyasi va Davlat matbuot qo‘mitasi mamlakatimiz aholisining muzeyshunoslik madaniyatini oshirish, ularni merosimiz va qadriyatlarimizdan xabardor qilib borish hamda mutaxassislar, muzey xodimlarining muzeyshunoslik sohasidagi ilmiy ishlarini chop etish, bu sohadagi yutuqlarni targ‘ib qilishi muzey xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida uch oyda bir marta o‘zbek, ingliz va rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli “Moziydan sado” jurnalini ta’sis etsinlar. Keyingi tahrirga qarang. 7. “O‘zbekmuzey”, uning bo‘lim va korxonalari, muzeylarning asosiy va qo‘shimcha faoliyatidan olinadigan daromadlari 5 yil muddatga barcha turdagi davlat soliqlaridan, bojxona va boshqa to‘lovlardan ozod etilsin. Soliqdan ozod etilishi natijasida yig‘ilgan mablag‘larning sohani yanada rivojlantirishga, uning moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, shuningdek xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi nazarda tutilsin. Turli tashkilot va homiylarning daromaddan to‘laydigan soliq bo‘yicha bazasi ularning muzeylar faoliyatini yaxshilash uchun o‘tkazadigan pul mablag‘lari miqdoriga monand qisqartirilishi belgilab qo‘yilsin. Keyingi tahrirga qarang. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirliklari Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey xodimlarini ijtimoiy himoyalash va oylik maoshlarini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 9. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yetakchi muzey va qo‘riqxonalarni o‘z ichiga olgan maxsus xalqaro turistik yo‘nalishlar (turlar) tashkil etsinlar hamda ularga xorijiy sayyohlarni jalb etish yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirsinlar. 10. Muzeylarning davlat hamda mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanishining amaldagi tartibi saqlab qolinsin. Keyingi tahrirga qarang. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey inshootlarini qurish va to‘liq ta’mirlash hamda ularni zamonaviy jihozlash uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarini sotib olish va Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni 1998-1999-yillarda ajratsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1998-yil 12-yanvar, PF-1913-son Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling