O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi “Kapital qurilishda
loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5445-son Farmonida:
a) 1-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi”
so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 4-bandi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini
davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5577-son Farmonida:
3-bandning birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — oltinchi xatboshilar deb
hisoblansin;
ilova chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-son qarorida:
3-bandda “81” raqami “74” raqami bilan almashtirilsin;
1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Do'stlaringiz bilan baham: |