II. Ixtisoslashtirilgan maktablarni mahoratli rahbar va pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
10.
|
Ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar lavozimlarini sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni tushunadigan, malakali va ilg‘or tajribali kadrlar bilan to‘ldirish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlarining salohiyati, boshqaruv mahorati va tashabbuskorligini o‘rganib, ularning o‘z lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish.
|
2022-yil noyabr
|
–
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
(Umarova),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev)
|
2. Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish.
|
2022-yil sentyabr
|
3. Ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar lavozimlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish.
|
2022-yil dekabr
|
11.
|
Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar va pedagog kadrlari uchun zamonaviy maktabni boshqarishga mos keladigan malaka talablarini ishlab chiqish.
|
2022-yil aprel
|
–
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
(Umarova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
|
2. Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
|
2022-yil may
|
3. Ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish.
|
2022-yil iyun-iyul
|
12.
|
Ixtisoslashtirilgan maktablarda “Maktab maslahatchisi” lavozimini joriy etish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi o‘rniga “Maktab maslahatchisi” lavozimini kiritish.
|
2022-yil may
|
Davlat budjeti mablag‘lari
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
(Umarova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
|
2. Ixtisoslashtirilgan maktablarning “Maktab maslahatchisi” lavozimining malaka talablarini ishlab chiqish.
|
2022-yil iyun
|
13.
|
Rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
|
1. Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish.
|
2022-yil iyun
|
Davlat budjeti mablag‘lari
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
(Umarova)
|
2. “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.
|
2022-yil sentyabr
|
14.
|
Iqtidorli bolalar bilan ishlashning ixtisoslashtirilgan maktablar — “Yangi O‘zbekiston” universiteti — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hamkorligi bo‘yicha yaxlit uzluksiz ta’lim tizimini joriy qilish.
|
Iqtidorli bolalar bilan ishlashning “Maktab — Universitet — Markaz” yaxlit uzluksiz ta’lim tizimini joriy qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari bir-biriga uzviy bog‘langan holda ishlab chiqilishini;
“Yangi O‘zbekiston” universiteti va Markaz tomonidan mahorat darslari, to‘garaklar va yozgi maktablar tashkil etilishini;
“Yangi O‘zbekiston” universiteti va Markazning professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari maktablarning ta’lim jarayoniga keng jalb qilinishini;
ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Markazga stajirovka o‘tashga jalb qilinishini;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazishda hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishda tizimdagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarining faol ishtirok etishini.
|
2022-yil sentyabr
|
Jamg‘arma mablag‘lari
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
(Umarova)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |