Farmonning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi pf-79-sonli Farmoni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
PF-106 14.04.2022
2. O‘rganilgan tajribani Agentlik tizimidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohiga tatbiq etish choralarini ko‘rish. |
Alohida reja asosida |
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 108, 244, 253 va 281-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 86-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning 32, 98 va 102-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
g) 5-ilovaning 4 va 42-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
d) 6-ilovaning 3, 5, 6, 9 va 83-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmoniga 2-ilovaning 70 va 71-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son qarorida:
a) 4 va 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarorida:
a) 1-band, 2-bandning uchinchi xatboshisi hamda 3 va 4-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 5-bandda:
birinchi xatboshi “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlaridan oldin “Prezident ta’lim muassasalari agentligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“v” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 1, 3, 9 va 12-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
v) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori 3-bandining “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida:
a) 8-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi “Agentlik tizimidagi” so‘zlaridan keyin “Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 10-bandning to‘rtinchi xatboshisi “Agentlik tizimidagi” so‘zlaridan keyin “Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni qurish, ta’mirlash hamda zarur mebel jihozlari, o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2022 — 2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat1
|
Download 1.23 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling