Farmoyish. Farmoyish tayyorlash, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish
Download 2.75 Kb.
|
Farmoyish
Farmoyish. Farmoyish tayyorlash, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishBajardi: Rustamov Z.Qabul qildi: Mirzaeva S.Farmoyish – muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘miga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabilar qo‘llaniladi. Farmoyish konstitutsiyaviy va ma’muriy huquqda davlat hokimiyati yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimining organi yoki mansabdor shaxsning o‘z vakolati doirasida chiqargan va barchaga majburiy bo‘lgan akti hisoblanadi. Farmoyish odatda, muayyan xususiy hollarga oid bo‘lib, ijro etilish bilan uning harakati tugallanadi. Lekin farmoyish uzoq muddat amalda bo‘lishi ham mumkin (masalan, mansabdor shaxsning tayinlanishi, komissiya tuzilishi, biror bir tadbirni moliyalashtirish to‘g‘risida va h.k.). Farmoyish qonunosti akti bo‘lib, u konstitutsiyaga va qonunlarga muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Qoidaga ko‘ra, Farmoyish normativ xarakterga ega emas, ya’ni u bilan yangi qoidalar belgilanmaydi. Boshqacha aytganda, Farmoyish Huquqni qo‘llash akti hisoblanadi. Lekin amaliyotda alohida organlar tomonidan chiqariladigan, masalan, O‘zR Prezidentining farmoyishi normativ akt hisoblanadi Download 2.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling