Farpi energetika fakulteti 36-21 e guruh talabasi Ismoilov Izzatilloning elektrotexnika fanidan tayyorlagan taqdimot ishi


Download 303.37 Kb.
bet5/6
Sana18.07.2023
Hajmi303.37 Kb.
#1660879
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FarPI Energetika fakulteti 36-21 E guruh talabasi Ismoilov

Biogaz.

  • Odamlar biogazdan XVIII asr oxirlaridan beri foydalanib kelmoqdalar. Elektr paydo bo‘lgunga qadar Londonda yer ostidagi kanalizatsiya quvurlaridan olingan maxsus gaz lampalarda ko‘chalarni yoritishda foydalanilgan. Biogaz, odatda, karbonat angidrid (СО2) va (СN4) metan gazlari aralashmasidir. U havo va kislorod kirishi mumkin bo‘lmagan holatda (kislorod bo‘lmasligi, «anaerob holati» deyiladi) turli biologik mikroorganizmlar parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, anaerоb sharоitida yashash qоbiliyati, mеtan hоsil qilish qоbiliyatidagi mikrооrganizmlarning bоshqa хususiyatlariga ham ega. Ular yog‘оchning asоsiy ingrеdiyеnti sеllyulоzani hazm qilishi mumkin. Bu baktеriyalarning yana bir хususiyati, harorat, kislоtali, suv hajmi va bоshqalarda yashash sharоitiga juda sеzgir hisоblanadi. Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko‘l tubida organik qoldiqlar, chirish sharoitida ko‘p namlik va kislorod bo‘lmaganligidan ham paydo bo‘ladi. Biogaz uskunalari 19 parrandachilik va chorvachilik xo‘jaliklarida sinovdan o‘tgan. Mamlakatimizda biogaz hosil qilish va undan foydalanish imkoniyatlari juda katta.

Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi

  • Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi – dengiz suvining ko‘tarilish va qaytishi Oy va Quyoshning gravitatsiyasi hamda Yerning aylanishi tufayli hosil bo‘ladi. Qirg‘oq atrofida to‘lqin darajasi 12 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Ko‘tarilish va qaytish energiyasidan, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator uchun foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga bu qayta tiklanadigan muqobil energiya manbasi o‘ziga xos sharoit talab etadi va hozircha keng masshtabda ommalashmagan. Bugungi kunda iqtisodiy foydali elektr energiya ishlab chiqaradigan 20 ga yaqin joylarda 3 metrdan kam bo‘lmagan qulay va yaxshi darajadagi to‘lqinlar mavjud. Hozir dengiz suvining ko‘tarilish va qaytishini elektr energiyasiga aylantiruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan.

Dengiz to‘lqin energiyasi

1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling