Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
464 Bolalar lug‘ati Sadoqat – do‘stlik, birdamlik, samimiylik va vafodorlik. Mukofot – taqdirlash, rag‘ bat- lantirish, sovg‘a, tortiq. ozor – aziyat, zarar, haqorat, azob, jabr. do‘st tanlash va ularni hurmat qilish y farzand, sen o‘zing uchun yaxshi do‘st tanla. Zero, sen qanday bo‘lsang, do‘sting ham shunday bo‘ladi. Aksincha, do‘sting qan- day bo‘lsa, sen ham unga o‘xshaysan. Shu sa- bab yaxshi va odobli bolalar bilan do‘stlashish kerak. Do‘stlikni mustahkamlash, uning uzoq davom etishi uchun esa do‘stlar bir-biriga so- diq, hurmat ko‘rsatuvchi va bir-birining siri- ni saqlovchi, dushmanlardan himoya qiluvchi bo‘ladi. Do‘stlar xursandchilik kunlarida ham, xafalik kunlarida ham doim birga bo‘ladilar. Faqat xursandchilik kunlarida atrofida ayl- anib, qiyin vaqtlarda bir-birlarini tark etish www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 465 haqiqiy do‘stlik emas. Do‘stning qandayligi qiyin va og‘ir vaqtlarda bilinadi. Ey farzand! Sen do‘sting bilan teng bo‘l, hech qachon o‘zingni undan baland qo‘yma, doim ka- mtarin bo‘l, o‘zingga ravo ko‘rgan narsani unga ham ilin. Ya’ni, o‘zing yaxshi ko‘radigan narsani do‘stingga ham ber. O‘zing yoqtirmaydigan nar- sani unga berma! Ko‘p yoru birodarlar, haqiqiy do‘stlar orttir. Chunki ularning odamga foydasi ko‘p. Chin do‘st tayanchdir. Kimning tayanchi bo‘lsa, o‘sha baquvvat hisoblanadi. Baquvvat kishining baxt va davlati mustahkam bo‘ladi. O‘ziga do‘st topa olmagan kishi odamlarning eng ojizidir. Bundan ham ojizi esa oldiniga biron do‘st topadi-yu, keyin uni ham yo‘qotib qo‘yadi. Sen doim yomon ish qiladigan, so‘zida tur- maydigan va va’dasini bajarmaydigan odam- ni do‘st tutma. Chunki u arzimas narsani deb senga xiyonat qiladi. Sen yana yolg‘onchi bilan do‘st tutinma. U misoli sarobdir: yaqin narsani uzoq, uzoq narsani yaqin qilib ko‘rsatadi. Yana bir maslahatim shuki, ahmoq bilan do‘st tutinma! Chunki u doim senga foyda o‘rniga zarar keltiradi. Shunday ekan do‘st tanlashda shoshilma, eng yaxshi, pokiza va qalbi oftobdek va odob-axloqli bolalarni o‘zingga do‘st qilib tanla. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling