Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
484 6. O‘zingdan ulug‘lar senga rahm qilishini xohlasang, o‘zingdan pastlarga rahm qil. 7. Hakimlardan biri dedi: – Qadimiy hikmatlarda aytilishicha, inson o‘z yaratilish xosiyati bilan hayvonlardan af- zal bo‘ldi. Unga bir og‘izu, ikki quloq berilgan. Shuning uchun u bir marta gapirishi va ko‘p marta eshitishi kerak. 8. O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to‘g‘ridir, o‘rinsiz ko‘p vaysagan til shafqatsiz yovdir. 9. Aytilgan so‘z otilgan o‘qdir, aytilgandan keyin uni qaytarib bo‘lmaydi. Ko‘p so‘zda ko‘p xato bo‘ladi. Biron joyga qadalgan nayzani chiqarib olsa bo‘ladi, ammo dilga qadalgan so‘z zahrini chiqarib bo‘lmaydi. 10. So‘zlovchi ba’zida adashadi va xato qila- di, tinglab turgan zakovatli kishi uni tuzatadi va to‘g‘rilaydi. 11. Suvning mazasi muz bilan, oshning ma- zasi tuz bilan, odam yaxshiligi so‘z bilandir. 12. Odam o‘z fikrini tili orqali ifodalaydi, tildan chiqqan so‘zlari yaxshi bo‘lsa, u e’tibor topadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 485 Turli holatlarga qanday munosabat bildirish haqida ziz bolalar, quyidagilarni yodda saqlang: 1. Tanish kishi bilan uchrashganda: “As salomu alaykum!” deyiladi. Shuningdek: 2. Gap boshlashdan avval: ahvollaringiz yaxshimi, sog‘misiz! 3. Biron ishni boshlagan kishiga: sizga omad tilayman! 4. Yangi kiyim sotib olganga: xaridingiz barakali bo‘lsin, yaxshi kunlarga kiying! 5. Yangi uyga ko‘chib borganlarga: yangi uyingiz qutlug‘ bo‘lsin, shu uyda xotirjam yas- hang! 6. Kirib kelgan odamga: xush kelibsiz! 7. Mehmon kelganda: xush kelibsizlar, mar- hamat, kiring! 8. Mashinaga chiqqan odamga: yo‘lingiz bexatar bo‘lsin! 9. Yordam bergan kishiga: katta rahmat! 10. Yaxshilik qilganga: rahmat, ikki dunyo saodatiga erishing! 11. Biron narsa bergan kishiga: rahmat, siz- ga ko‘paytirib bersin! www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling