Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
482
shundayki, so‘zni kam so‘zlasin, chunki laq-
malik tentaklikning belgilaridan biridir. Ki-
shi aytmoqchi bo‘lgan gapini aql tarozisida 
o‘lchamay turib gapirishi nomaqbuldir. Ha-
kimlar: “Ko‘p o‘yla, so‘ng so‘zla”, deyishgan. 
Ehtiyoj paydo bo‘lmasdan bir marta aytilgan 
so‘zni takror gapirmasin. Biror kishi biron vo-
qeani bayon qilishga kirishsa, eshituvchining 
bundan xabari bo‘lsa-da, xabardorligini undan 
yashirsin. Chunki gapiruvchi xijolat chekishi 
mumkin. O‘zga kishidan so‘ralsa, savolga ja-
vob bermasin. Agar savol ko‘pchilikka berilgan 
bo‘lsa, u mazkur savolga javob berishga qodir 
bo‘lsa ham, hammadan oldin javob berishga 
shoshilmasin. Biron kishi javob bersa, qoniqarli 
bo‘lmasa yoki qo‘shimcha qilishga qodir bo‘lsa, 
ohista javobini aytsin. O‘tirishda bo‘layotgan 
muzokara va munozaraga daxli bo‘lmagan 
holda aralashmasin. Kattalarga kinoyali so‘z 
aytmasin. Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zni mi-
sollar bilan izohlasin. Bahs-munozarada chega-
radan tashqariga chiqmasin. Har bir kishiga u 
tushuna oladigan darajada so‘zlasin”.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
483
Bolalar lug‘ati
Muomala
munosabat, aloqa, 
so‘zlashuv.
nomaqbul
– qabul qilinmay-
digan, to‘g‘ri bo‘lmagan, noma’qul, 
noto‘g‘ri, xato.
Bahs-munozara
muhokama
munozara, tortishuv; musobaqa, bellashuv.
Foydali nasihatlar
1. Muloyimlik rizq sari yetak-
lovchi kalitdir.
2. Bolalar o‘z otalaridan me-
ros qilib oladigan uch afzal nar-
sa bor: xushmuomalalik, odob va 
sadoqat.
3. Hakimlarning aytishicha, xushmuomala-
lik-ning o‘nta belgisi bor. Bular: insof, aql, ilm, 
bag‘rikenglik, oliyjanoblik, ko‘rkam fe’l, yax-
shilik, sabr, shukr, muloyimlik.
4. Xayrli va savobli ishlar insonni turli halo-
katlardan asraydi.
5. Tili shirin odamning do‘sti ko‘p bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling