Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
498
Sakkiz xil taom va bir og‘iz g‘iybat
(Ibratli hikoya)
ir kishi Hasan Basriyning huzuriga kelib, 
“falonchi sen haqingda noma’qul gaplar-
ni gapirdi”, debdi.
– Qachon?
– Bugun.
– Qayerda?
– Uyida.
– Uning uyida nima qilayotgan eding?
– Ziyofatga borgan edim.
– Ziyofatda nima yeding?
Haligi odam sakkiz xil taomning nomini 
sanabdi. Shunda Hasan Basriy:
– O‘sha odamning sakkiz xil taomi qorning-
ga sig‘diyu, bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket 
bu yerdan! – dedi va g‘iybatchini oldidan qu-
vib chiqardi.
Maqtanchoq bo‘lmang!
nson uchun eng katta kamchilik maqtan-
choqlik qilish va o‘z aybini ko‘ra olmasligi-
dir. Zero, har qanday odam xato-kamchilikdan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
499
xoli bo‘lmaydi. Shunday ekan, aziz farzandim, 
sen zinhor maqtanchoq bo‘lma, juda zo‘r ish-
larni qilsang ham kekkayma, o‘zingni maqta-
ma, seni boshqalar maqtasin. Aqlli bola o‘zini 
maqtamaydi. Nodon bolalar esa birov ular qil-
gan ishlarni tan olmasalar ham, doim o‘zini 
maqtashga harakat qiladi. Agar sen yaxshi
bilimli va odobli bola bo‘lsang, insonlar sening 
qanday ekaningni bilishadi, maqtanishga va 
o‘zingni ko‘z-ko‘z qilishga hojat qolmaydi. De-
mak, hayotda kamtar va xolis bo‘lish insonni 
yuqori martabalarni egallashiga sabab bo‘ladi. 
Zero, dono xalqimiz bejizga “kamtarga kamol, 
manmanga zavol”, deb aytmagan.
Bolalar lug‘ati
Maqtanchoq odam
– o‘zini-o‘zi 
maqtaydigan, maqtanishni yaxshi 
ko‘radigan kishi.
Kamtar odam
– maqtanishni ista-
maydigan, o‘zini boshqalardan past 
oladigan, mag‘rurlanmaydigan kishi.
Xolis odam
– samimiy, qalbi toza, beg‘araz, 
ko‘nglida kiri yo‘q, yaxshilikni biron ta’masiz 
amalga oshiruvchi kishi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling