Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
504
Hikoya
ir bola serqatnov katta ko‘chada o‘ynash-
ga odatlangan edi. Bir kuni u o‘ynayotgan 
to‘p uchib, tez kelayotgan mashina haydov-
chisining yuziga tegdi. Mashina yo‘ldan chiqib, 
piyodalar yo‘lakchasiga o‘tib, bir daraxtga uri-
lib, oldi pachoq bo‘ldi. Tezda militsioner ye-
tib kelib, o‘ynayotgan bolalarni tutib militsiya 
bo‘limiga olib bordi. Keyin mahkama mashi-
naga yetgan talafot uchun bolaning otasiga ja-
rima to‘lashga hukm chiqardi.
Vaqtni tejash va umr qadriga yetish
hmad tirishqoq o‘quvchi. Otasi vafot 
etib, hatto unga maktabni bitirib olish-
iga yordam beradigan hech narsa qoldirmay 
ketdi. U o‘qishini tashlab, bir savdogarga ishchi 
bo‘lib yollandi. Bo‘sh vaqtlarida kechki makta-
bga qatnab, ta’lim olardi. U qancha qiynalsa 
ham, nihoyat huquqshunoslik shahodatnoma-
sini qo‘lga kiritdi. Shundan keyin u savdogar 
xizmatidan bo‘shab, himoyachi-advokat bo‘lib 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
505
ishlay boshladi. U tirishqoqligi va vaqtini zoe 
ketkizmagani bois hech qancha o‘tmasdan 
obro‘si ko‘tarilib, nomi hamma yoqqa ovoza 
bo‘ldi.
Bu yigit vaqtning qadrini bilib, undan un-
umli foydalangani uchun katta yutuqlarga er-
ishdi. Agar bo‘sh vaqtini o‘yin-kulgiga sarfla-
ganida, hech kim uni tanimasdi va kambag‘al 
holda hayot kechirgan bo‘lardi.
Safar qilmoqchi bo‘lgan kishi poezdning 
ketish vaqtiga rioya qilmasa, keyingi poezd 
kelishini kutib vaqti bekor ketadi. Dehqon 
o‘z vaqtida yeriga ekinni ekmasa, qo‘shnilari 
hosilni yig‘ishtirayotganlarini ko‘rganda push-
aymon bo‘ladi.
Mana shundan ko‘ryapsanki, vaqtni tejash 
degani uni foydali o‘rinlarga sarflash demak-
dir. Ya’ni, sen vaqtingni tartibga solishing 
va undan unumli foydalanishing kerak. Sen 
puldan ko‘ra ko‘proq vaqtingni qizg‘anishing 
kerak. Chunki o‘tgan ozgina umr hech qachon 
qaytib kelmaydi.
Aziz bolalar, sizlar vaqtingizni tejab, uni 
foydali ishlarga sarflashga, umrni behuda ket-
kazmaslikka harakat qiling. Televizorda beril-
adigan kino va multfilmlar sizni dars qilish va 
boshqa foydali ishlardan chalg‘itib qo‘ymasin. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling