Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Behuda ketkazish
– bekor ket-
kazish, o‘rinsiz sarflash (vaqt, pul 
va boshqa narsalarni).
Puxta bajarish
– biron ishni o‘ylab, mu-
kammal holda bajarish (“puxta” so‘zi “pishiq”, 
“tajribali”, “mohir”, “mustahkam”, “asosli” 
kabi ma’nolarni anglatadi).
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
508
Maqollar
1. Vaqt g‘animat, o‘tsa nadomat.
2. Vaqting ketdi, baxting ketdi.
3. Gap ko‘p – umr oz.
4. Yozda ishlamagan qishda kesak yer.
5. Yo‘qotilgan oltin topilar, yo‘qotilgan vaqt 
topilmas.
6. O‘tgan vaqt yo‘qolgan oltindan qimmat.
Hikmat
Abu Bakr Siddiqdan shunday rivoyat qili-
nadi: “Uch narsani uch narsa bilan topib bo‘l-
maydi:
1. Boylikni orzu bilan topib bo‘lmaydi;
2. Yoshlikni bo‘yanish bilan topib bo‘lmaydi;
3. Sog‘liqni dori-darmon bilan topib bo‘l-
maydi”.
Yoshlik qadriga yetish
a
ziz bolalar, yoshlik davri g‘animatdir. U 
juda tez o‘tib ketadi. Yaqindagina mak-
tabda o‘qib yurgan bolalar ko‘z ochib yumgun-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
509
cha ulg‘ayib, turli sohalarada ishlaydilar. Xul-
las, bilgan kishiga vaqt suvdek oqib o‘tib ketadi. 
Shu sabab yoshlikni qadriga yetish, uni foydali 
ishlar va mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish kerak. 
Jumladan, ilm va odobni, biron kasb-hunarni 
o‘rganish har bir bola uchun muhimdir. To‘g‘ri, 
bolalarni vaqti-vaqti bilan o‘rtoqlari bilan 
o‘ynashdan qaytarilmaydi. Ammo bolalikning 
hamma vaqtini o‘yin-kulgu bilan o‘tkazish 
to‘g‘ri emas. Balki bolalik chog‘ida ilm olish qay 
darajada ahamiyatli ekanini tushunib yetsak
yoshimiz ulg‘ayganida uning mevasini ko‘ramiz. 
Rivoyatlarda kelishicha, tabobat ilmining katta 
olimi Abu Ali ibn Sino 18 yoshiga qadar juda 
ko‘p ilmlarni egallab, 20-25 yoshlarida yetuk 
olimlik maqomini egallagan edi. Ko‘rdingizmi, 
bolalar, har bir bola yoshligini g‘animat bilib, bu 
vaqtlardan unumli foydalansa, katta bo‘lganida 
egallagan ilmi o‘ziga juda ko‘p foyda keltiradi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling