Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 512
Bolalar lug‘ati
Tartibga solish – tartibli holga keltirish. zaruriy yumush – kerakli va muhim ish. Pala-partish – tartibsiz, betar- tib, chala-chulpa, o‘ylamay-net- may qilingan ish. Tejamkorlik liga otasidan katta boylik meros bo‘lib qoldi. Shu boylik evaziga Ali va uning oilasi otasidan keyin ham yaxshi yashay bosh- ladi. Lekin u o‘zini ko‘rsatishga va boylarga o‘xshashga harakat qilardi. Shuning uchun u qimmatbaho mashina sotib oldi, chiroyli qa- srdek hovlida yashashni istab qoldi, o‘yin-kul- gularga berilib ketdi. Natijada kirimidan ko‘ra ko‘proq pul sarflay boshladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 512 Puli qolmagach, ba’zi banklardan qarz ol- ishga o‘tdi. Hatto bo‘ynidagi qarzlari ko‘payib, qo‘l ostidagi mol-mulkni birma-bir sota bosh- ladi. Nihoyat, uning qo‘lida hech narsa qolma- di. Shu tariqa Ali pulni behuda sarflash tufayli oilasi qiyin ahvolga tushib qoldi. Bunga ish oqibatini o‘ylamagan, zamon- ning o‘zgarib turishini va hayotda kutilmagan hodisalar ro‘y berishini hisobga ola bilmagan oila boshlig‘i sababchi bo‘ldi. Natijada uni o‘ylamay qilgan ishi xorlik va kambag‘allikka yo‘liqtirdi. Agar sarf-xarajatni kamaytirib, boshqalardan qarz olmaganida o‘zi ham, oilasi ham qiynalib qolmasdi. Aziz bolalar, tejamkorlik pul sarflash- da o‘rtamiyona bo‘lishdir. Ya’ni, hayotda kutilmagan hodisalarini hisobga olmas- dan qo‘lidagi pullarning hammasini sarflab yubormasin, o‘zi va oilasiga sarflashda juda baxillik ham qilmasin. Mol-dunyo yig‘ishga berilib ularni taom, kiyim, turar joy va davolanishlariga kerakli narsalardan mah- rum qilmasin. Agar shunday qilsa, oilasi uni yomon ko‘rib qoladi. Tejamkor odam pulini keragidan ortiqcha narsalarga sarflamaydi. O‘n so‘mga olinadigan narsa uchun hovliqib, yuz so‘m sarflamaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 513 Pulni faqat kerakli narsalargagina sarflaydi. Har bir ishda o‘rtacha yo‘l tutadi. Agar o‘n so‘mga olish mumkin bo‘lgan narsaga yuz so‘m ishlataversa, bir kuni pushaymon bo‘ladi. Chunki hayotda tejamkorlik nimaligini bil- maydiganlar muhtojlikka tushib qoladilar. Is- rofgarlik puldan barakani ketkazadi. Shuni unutmang, aziz bolalar. Quyidagilarga amal qilish tejamkor bo‘lishga yordam beradi: 1. Harajatning har biri uchun o‘zingga mu- nosib miqdor belgila. 2. Musibatlar paytida sarflash uchun kir- imning muayyan qismini jamg‘arib qo‘yishga e’tibor ber. 3. Ortiqcha dabdabalarga sarf-xarajatni ko‘- paytirib yuborma. Masalan, qimmatroq mashi- na sotib olish, o‘yingohlarni ko‘p ziyorat qilish, yangi chiqqan kiyim va boshqa shu kabi nar- salarga pulni bekorga sarflash demakdir. 4. Sendan puli ko‘p boylarga o‘xshashga in- tilma. Chunki Alloh insonlarni turli xil toifa va tabaqalarda yaratgan. Hamma bir xil boy yoki kambag‘al bo‘lmaydi. Kimdir boy, kim- dir o‘rtahol, yana kimdir kambag‘al bo‘ladi. Sen o‘zingdagi mavjud narsalarga shukr qil va ulardan tejamkorlik bilan foydalan. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling