Qimmat kiyimlar sotib oldi. Mario o‘ylab ko‘rib


Download 16.17 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi16.17 Kb.
#138254
Bog'liq
Ingliz tili


Marioning sayohati.

Mario ijoddan zerikdi shekilli sayohat qilishga chog‘landi. Sayohat qilishga o‘ziga yangi va qimmat kiyimlar sotib oldi. Mario o‘ylab ko‘rib kompyuterini ham o‘zi bilan birga oldi. Uning baxtiga bugun ob-havo yaxshi boldi. Do‘stining tavsiyasi bilan Samarqandga sayohatga keldi. Samarqandning hayot tarzi Marioning qiziqish va ta’surotlarini o‘yg‘otdi. Samarqandda juda ko‘p restoranlar borligini ko‘rib u yerga kirdi va mazzali taomlardan iste’mol qildi. U yerdan chiqib mehmonxonaga yo‘l oldi. Mehmonxonalari ham juda chiroyli ekan. U yerni esa yuqoti darajada baholadi. Samarqanddagi obidalar va dam olish maskanlarini ko‘rib lol qoldi. Ayniqsa xalqining mehmondo‘st ekanligidan xursand bo’ldi. Mario madrasalani va masjidlarni ham ziyorat qildi. Taxmin qilganidek, Samarqand afsonalar shahri ekan deya fikr bildirdi. Buning isboti sifatida Ulug‘bek rasadxonasi, Shohizinda majmuasi, Al-Buxoriy ziyoratgohi kabilarni misol keltirish mumkin. Mario Samarqand bozoriga ham kirdi. U yerdan o‘ziga har xil kiyimkar soyib oldi. Mario Samarqand bozori arzon ekan deya fikr bildirdi. Mario Samarqanddagi 41 zinaga ham duch keldi. 41 zinaning tarixi shundayki chiqib tushgan zinaning soni bir xil chiqsa u inson barcha orzu niyatlariga erishadi deyilgan. Marioda zinalar soni bir xil chiqdi. U bundan juda ham xursand bo‘lib, mehmonxonaga qaytayotganda Samarqand noniga ko‘zi tushdi va sotib olib, ta’tib ko‘rdi. Hech qaysi davlatda Samarqand noniga teng keladigan non bo‘lmasa kerak deya ta’rifladi. Mario sayohat chog‘ida o’ziga do’stlar orttirdi. U bir hafta sayohat qildi. Samarqanddan o‘z vataniga juda katta ta’surotlar bilan qaytdi.
Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling